Politsiyachilar o‘g‘irlikda gumonlangan shaxsni ilon yordamida qiynashdi (video)

Indoneziyada politsiyachilar o‘g‘irlikda gumonlanayotgan erkakni bahaybat bo‘g‘ma ilon yordamida qiynadilar. Havaskorlar tomonidan olingan videolavha The Guardian nashrida e'lon qilindi.
Indonesian police were filmed using a two-metre long snake to interrogate a cable-tied suspect in Papua. pic.twitter.com/DfQuMrdvqr
— SBS News (@SBSNews) February 11, 2019
«Papuaslarni so‘roq qilishda ilonlardan foydalanish ancha keng tarqalgan amaliyot. Sem Lokon — bunga yorqin misol bo‘la oladi», — degan advokat Veronika Koman. Lavhada qo‘llari bog‘langan erkak yerda o‘tiribdi, uning bo‘ynida esa 2 metrli ilon aylanyapti. Lokonni so‘roq qilayotgan politsiyachi ilonni uning yuziga yo‘naltirarkan, necha marta mobil telefon o‘g‘irlaganini qayta-qayta so‘raydi. Rolikda agar u o‘g‘riligini tan olmasa, ilonni og‘ziga yoki ishtoni ichiga qo‘yib yuborishini aytishadi.
Bu holat jamoatchilikka oshkor bo‘lganidan keyin katta noroziliklar tug‘ildi. Natijada, politsiya uzr so‘rashga majbur bo‘ldi. Amaldorlar xodimlarining bu ishlarini qattiq qoralab, ular qattiq jazolanganini bildirganlar. Mahalliy politsiya rahbari Tonni Ananda Svadayaning ma'lum qilishicha, bu qiynoq xodimlarning shaxsiy tashabbusiga ko‘ra amalga oshirilib, rahbariyatning bundan xabari bo‘lmagan. Shuningdek, ilon zaharsiz va qo‘lga o‘rgatilgan bo‘lgan.
Mavzuga oid

12:13 / 29.04.2025
Toshkentda uyning ichiga kirib olgan ilon zararsizlantirildi

22:01 / 23.04.2025
Indoneziyada bomba haqida hazil qilgan ayol reysdan tushirib qoldirildi

15:01 / 16.04.2025
Indoneziya mamlakatda Rossiya harbiy bazasi bo‘lishini rad etdi

11:45 / 14.04.2025