«Sharmandali yakun»: Chexiya prezidenti Guaydoni ogohlantirdi

Foto: IZVeSTIYa/Pavel Bednyakov
Chexiya prezidenti Milosh Zemanning Frekvence 1 radiostansiyasi efirida ma'lum qilishicha, Venesueladagi vaziyatga ehtimoliy harbiy aralashuv mamlakat muxolifati yetakchisi, o‘zini muvaqqat prezident deb e'lon qilgan Xuan Guaydo uchun «sharmandali yakun»ga aylanadi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda.
Zemanning so‘zlariga ko‘ra, u ham Lotin Amerikasidagi diktatorlar, ham harbiy aralashuvlar, qo‘shinlarni kiritish va bostirib kirish to‘g‘risidagi maxsus taklifnoma-maktublarni yoqtirmaydi.
«Agar Xuan Guaydo Venesueladagi mavjud muammoni bartaraf qila olmasa va xorijiy himoyachilarga murojaat qilsa, unda u venesuelalik Gusak kabi sharmandali yakunga ega bo‘ladi», - deya taxmin qilgan Zeman.
Zeman nazarda tutgan Gustav Gusak sotsialistik Chexoslovakiyaning so‘nggi prezidentiga aylanib, o‘z lavozimini 14 yil davomida egallagan va undan «baxmal inqilobi» davomida ayrilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Guaydo Rossiya va Xitoy Maduroni emas, balki o‘z investitsiyalarini himoya qilayotgani haqida aytgandi.
Mavzuga oid

17:35 / 21.04.2025
Salvador prezidenti venesuelalik noqonuniy migrantlarni «siyosiy mahbuslar»ga almashmoqchi

15:39 / 20.04.2025
AQSh Oliy sudi venesuelalik migrantlar deportatsiyasini to‘xtatib qo‘ydi

11:02 / 28.03.2025
Venesuela prezidenti AQSh davlat kotibini «ahmoq» deb atadi

22:09 / 26.03.2025