Poroshenkoning Maydandagi “jasorati”ni fosh qiluvchi video paydo bo‘ldi

Internetda 2014 yil Ukrainadagi fojiali voqealar aks etgan video paydo bo‘ldi. Videoda o‘q ovozlarini eshitish, Maydandagi norozilik namoyishlarida ishtirok etgan odamlarni ko‘rish mumkin. Ular orasida Ukrainaning amaldagi prezidenti Pyotr Poroshenko ham bo‘lgan.
Ukraina prezidenti avvalroq Maydan voqealarida otishmalar davom etayotgan bir vaqtda halok bo‘lganlar jasadini shaxsan o‘zi olib chiqqanini ma'lum qilgandi.
E'lon qilingan videoda esa Poroshenko haqiqatan ham yerda yotgan odam oldiga kelib, u tomon engashganini ko‘rish mumkin. Shu vaqtda uning atrofida suratga olish guruhi paydo bo‘lib, kimdir “Suratga ol! Suratga ol!” deb buyura boshlagan.
Bir necha soniyadan keyin Poroshenko qaddini rostlab, tansoqchilari hamrohligida “qaynoq nuqta”ni tark etganini ko‘rish mumkin.
Ushbu rolik internet foydalanuvchilar orasida qizg‘in munosabat keltirib chiqargan. Ko‘pchilik Poroshenko Maydandagi voqelardagi ishtiroki va rolini bo‘rttirayotganidan hayron emasliklarini aytishgan.
Mavzuga oid

01:02
«Men Ukrainani qutqaryapman» - Tramp

17:19 / 29.04.2025
Reuters: Razvedka Trampga Kursk oblastidagi ukrainalik harbiylar qurshovda emasligini ma’lum qilgan

15:27 / 29.04.2025
Isroilga qarshi sud eshituvi, Hindiston hujumini kutayotgan Pokiston va Ukrainada 9 may otashkesimi - kun dayjesti

11:48 / 29.04.2025