Tuzning yangi xavfi ma'lum qilindi

Foto: J. PfeifferArco Images, Globallookpress
Myunxen universiteti (Germaniya) olimlari aniqlashicha, inson organizmida osh tuzining cho‘kindisi allergik reaksiyalar rivojiga olib keladi. Bu haqda MedicalXpress xabar bermoqda.
Mutaxassislar atopik dermatit - surunkali allergik kasallik bilan og‘rigan bemorlarning teri namunalarini tahlil qilishdi. Ma'lum bo‘lishicha, terining tegishli qismlarida natriy darajasi normadan 30 barobar yuqori ekan.
Tadqiqotchilarning aniqlashicha, natriy xloridi Th2-hujayralarni interleykin-4 (IL-4) va interleykin-13 (IL-13) oqsillarini yuqori miqdorda ishlab chiqishga majburlaydi. Natijada, atopik dermatitni o‘z ichiga olgan teri yallig‘lanishi kasalliklari rivojlanadi.
Th2-hujayralari CD4+ xelper T-hujayralarning subpopulyatsiyasi sanaladi. Agar sodda T-hujayra, ya'ni, antigen bilan aloqada bo‘lmagan hujayra V-limfotsitlar orqali faollashtirilsa, unda u Th2’ga aylanadi va antijismlar hamda yallig‘lanish reaksiyalarida ishtirok etuvchi tsitokinlarni katta miqdorda ishlab chiqara boshlaydi. Ko‘rsatilishicha, yuqori tuz konsentratsiyasida T-hujayralar Th2’ga qayta aylanadi.
Mavzuga oid

15:20 / 13.06.2025
Germaniya: NATOga yangi maqsadlar uchun 60 minggacha qo‘shimcha askar kerak bo‘ladi

12:15 / 13.06.2025
Germaniya tashqi ishlar vaziri: Lavrovga qo‘ng‘iroq qilish uchun hech qanday sabab ko‘rmayapman

11:33 / 13.06.2025
Germaniya Ukrainaga TAURUS raketalarini yetkazib berish haqida «o‘ylamayapti»

15:14 / 12.06.2025