Kashmirdagi vaziyat sababli Dehli metrosida xavfsizlikning “qizil” darajasi joriy etildi

Foto: The Economic Times
Hindiston va Pokiston chegarasida joylashgan Kashmir hududidagi vaziyatning keskinlashishi sababli Dehli shahri metrosida xavfsizlikning “qizil” darajasi joriy etildi. Bu haqda metropoliten vakiliga tayanib Hindu nashri xabar berdi.
Vakilning so‘zlariga ko‘ra, qizil darajadagi xavfsizlikning joriy etilishi barcha nazoratchilar barcha bekatlarda har qanday shubhali buyum yoki harakatni nazorat qilishi va har ikki soatda dispetcherlik markaziga ma'lum qilishi kerakligini anglatadi.
Avvalroq Pokiston asirga olingan hind uchuvchisini ozod qilishga tayyorligini bildirgandi.
Hindiston 27 fevralda Pokistonga qarashli qiruvchi samolyotni, Pokiston esa ikkita hind qiruvchi samolyotini urib tushirganini ma'lum qilgan. Pokiston tomonining ta'kidlashicha, urib tushirilgan samolyotlardan birining uchuvchisi asirga olingan.
Hindiston talqini bo‘yicha, Kashmir ustida Pokiston harbiy-havo kuchlarining qiruvchi samolyoti urib tushirilgan. Hindiston ushbu havo jangida MiG-21 samolyotini yo‘qotgan, uning uchuvchisini esa bedarak yo‘qolgan deb hisoblamoqda.
Hindiston va Pokiston o‘rtasidagi munosabatlar 14 fevralda xudkush Hindistonning Jammu va Kashmir shtatida politsiya kolonnasi oldida o‘zini portlatgandan keyin keskinlashdi. Hujum uchun javobgarlikni “Jayishi Muhammad” guruhi o‘z zimmasiga olgan.
Mavzuga oid

16:21 / 29.04.2025
Hindiston Kashmirda sayyohlarni o‘qqa tutgan terrorchilarning uylarini yer bilan bitta qildi

15:27 / 29.04.2025
Isroilga qarshi sud eshituvi, Hindiston hujumini kutayotgan Pokiston va Ukrainada 9 may otashkesimi - kun dayjesti

08:00 / 29.04.2025
Hindiston Fransiyadan Rafale qiruvchi samolyotlarini sotib oldi

00:58 / 29.04.2025