O‘zbekiston nega Rossiya harbiy samolyotlarining havo hududidan uchishiga ruxsat berdi?
Senat 18-yalpi majlisda O‘zbekiston va Rossiya hukumatlari o‘rtasida harbiy havo kemalarning mamlakatlar havo hududidan foydalanishini ma'qulladi. Bu xabar ayrim ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarini o‘ylantirib qo‘ydi, xususan «nahot, rus harbiylari ta'siriga tushib qolsak», deya muhokamalar boshlandi.
Senator Valeriy Tyanning aytishicha, hujjat bilan harbiy havo kemalarining boshqa davlat havo hududidan uchib o‘tishi jarayoni soddalashtiriladi, ruxsat olish va parvoz qilish vaqti kamayadi. Aslida-chi, gap nimada?
Video: Mover (tas-ix)
Video: Youtube
«Ayni kelishuv, birinchi galda, O‘zbekistonning manfaatlariga to‘la mos keladi. Hujjat harbiy mahsulotlarni yetkazib berish shartlarini soddalashtirib, tashkiliy masalalarda qaror qabul qilish tezligini oshiradi», – deydi senator.
2016 yil 29 noyabr kuni Moskva va Toshkent o‘rtasidagi harbiy-texnikaviy aloqalarni yanada rivojlantirish bo‘yicha hamkorlik hujjatlari qabul qilingandi. Keyinroq, 2018 yili 29 mart kuni Yerevan shahrida o‘tkazilgan ArmHiTec-2018 xalqaro ko‘rgazmasida O‘zbekiston va Rossiya hukumati vakillari 10dan ortiq harbiy Mi-35m vertolyotlarini xarid qilishga kelishib olgandi.
Senator ta'kidlaganidek, harbiy mahsulotlarni yetkazib berish shartlari soddalashtirilishi, rasmiyatchilik ishlari kam vaqt olishi kerak. Senat ma'qullagan bitim aynan shu shartlarning paydo bo‘lishiga yo‘l ochib beradi, jumladan vertolyot va boshqa harbiy mahsulotlarning yetkazib berishda harbiy uchoqlarning parvozida kamroq masalalar paydo bo‘ladi.
Shavkat Mirziyoyev 2018 yil 9 yanvar kuni parlament tomonidan ma'qullangan mamlakatning yangi tahrirdagi Mudofaa doktrinasini imzolagandi. Unga ko‘ra, yangi tahrirdagi Mudofaa doktrinasi O‘zbekiston Respublikasining mudofaa salohiyatini oshirish, professional armiyani tayyorlash hamda «mudofaa maqsadidagi harbiy-texnikaviy sanoatni rivojlantirish»ga yo‘l ochishi nazarda tutilgan.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ayni bitimni ratifikatsiya qilish to‘g‘risidagi hujjatni imzoladi.
Aynan mana shu omillarni inobatga olgan holda, muhokamalarga jiddiy tus berish kerak emasligini ta'kidlamoqchimiz. O‘ylaymizki, bu faqat O‘zbekistonning harbiy salohiyati va harbiy-texnikaviy salohiyatini oshirish uchun tuzilgan bitim edi, xolos.
Alisher Ro‘zioxunov
Tavsiya etamiz
Hindiston va Pokiston: kimning armiyasi kuchliroq?
Jahon | 19:21 / 09.05.2025
Mafkuralar kurashi: 9 may aslida qanday kun?
O‘zbekiston | 14:22 / 09.05.2025
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Kashmirda sulh e’lon qilinganidan keyin portlashlar sodir bo‘ldi
Jahon | 23:37 / 10.05.2025
-
AQShda ona va o‘g‘il bir vaqtda universitetni tamomladi
Jahon | 23:18 / 10.05.2025
-
Ukraina muzokaraga tayyorligini aytdi, Rossiya o‘ylab ko‘rishini ma’lum qildi
Jahon | 22:28 / 10.05.2025
-
Bekobod shahrida Damas piyodani bosib ketdi
Jamiyat | 22:20 / 10.05.2025
Mavzuga oid

22:28 / 10.05.2025
Ukraina muzokaraga tayyorligini aytdi, Rossiya o‘ylab ko‘rishini ma’lum qildi

20:58 / 10.05.2025
Kellog 30 kunlik otashkesimdan keyin Ukraina mojarosiga barham berilishini aytdi

19:20 / 10.05.2025
Kim Chen In Rossiyani G‘arb tajovuzidan himoya qilishga va’da berdi

17:15 / 10.05.2025