Uber taksi to‘g‘risidagi qonunni buzgani uchun Niderlandiyaga 2,3 mln yevro jarima to‘laydi

Foto: Wong Maye-E / AP
Uber taksi servisi Niderlandiya hududida 2014-2015 yillarda UberPop opsiyasidan foydalangani uchun 2,3 mln yevro jarima to‘laydi. Bu haqda Niderlandiya prokuraturasi ma'lum qildi.
Bundan tashqari, 309 ming yevro miqdoridagi noqonuniy daromad musodara qilinadi, servis ilovasiga UberPop opsiyasini joylagan shaxs esa 90 soatlik jamoatchilik ishlariga jalb qilindi.
Prokuratura kompaniyani taksi to‘g‘risidagi qonunni buzishda aybladi. Chunki haydovchilar UberPop opsiyasi orqali servis ilovasidan litsenziyasiz transport xizmat ko‘rsatish uchun foydalanishlari mumkin bo‘lgan.
«Taksi xizmati ko‘rsatish uchun litsenziya mijoz xavfsizligini ta'minlash uchun mo‘ljallangan. Lisenziyasiz taksi xizmati ko‘rsatish shuningdek, nosog‘lom raqobatni keltirib chiqaradi», — deyiladi prokuratura xabarida.
Kompaniya 2015 yil noyabrida o‘z ilovasidan UberPop opsiyasini olib tashlagan.
Mavzuga oid

09:50 / 14.06.2025
Niderlandiya YaIMning 5 foizini mudofaaga sarflashga tayyor

14:34 / 13.06.2025
Ryanair janjalkash yo‘lovchilarni 500 yevro jarimaga tortadi

09:57 / 04.06.2025
Haydovchilar jarima ballari haqida onlayn xabardor bo‘lishi mumkin

21:08 / 03.06.2025