Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Britaniyalik sobiq askar 1972 yilda namoyishchilarni o‘qqa tutgani uchun sudlanadi

Shimoliy Irlandiya prokuraturasi Britaniya armiyasining sobiq askarlaridan biri, 1972 yil 30 yanvar kuni Londonderri shahridagi “Qonli yakshanba”da 13 nafar namoyishchini o‘qqa tutishda ishtirok etgan F. ga qarshi qotillik va suiqasd sodir etish ayblovlarini qo‘ydi.
Huquq-tartibot idoralari 2010 yilda tergov Britaniya armiyasi tomonidan o‘sha voqeada namoyishchilarga qarshi jangovar o‘qlarni qo‘llash asossiz bo‘lgani haqidagi xulosaga kelgandan so‘ng ushbu ishning 125 ming sahifalik materiallarini ko‘rib chiqqan. Hozirda namoyishchilarni o‘qqa tutishda ishtirok etgan 17 harbiyning yoshi 60 yoshdan 70 yoshgachani tashkil qiladi. Tergov ma'lumotlariga ko‘ra, o‘sha voqealar qurbonlaridan birortasi harbiylarga xavf solmagan, qurolsiz fuqarolarga o‘q uzish esa o‘z xatti-harakati ustidan nazoratni yo‘qotish oqibati bo‘lgan. Bu xulosalar e'lon qilingach mamlakatning o‘sha vaqtdagi bosh vaziri Devid Kemeron askarlar xatti-harakatlari uchun uzr so‘ragan.
Tergov, shuningdek, o‘sha voqealarda ishtirok etgan qolgan 16 britaniyalik askarga va Irlandiya respublika armiyasining (IRA) harbiylarga qarshilik ko‘rsatgan 2 a'zosiga qarshi jinoiy ish qo‘zg‘atish imkonini ko‘rib chiqqan, biroq ularga ayblovlar bildirishga yetarlicha asos topa olmagan.
Buyuk Britaniya mudofaa vazirligi sudlanmoqchi bo‘linayotgan sobiq harbiyga ko‘mak ko‘rsatishga va'da bergan.
1972 yil 30 yanvarda Britaniya armiyasi parashyut polki askarlari Londonderrida shimoliy irlandiyalik katoliklarning tinch namoyishi ishtirokchilarini o‘qqa tutgan, buning oqibatida voqea joyida 13 kishi, jumladan ortidan o‘qqa tutilgan 6 nafar o‘smir halok bo‘lgan, yana bir o‘tkinchi olingan jarohatlardan bir necha kun o‘tgach vafot etgan. Bu voqea “Qonli yakshanba” yoki “Bogsayd xunrezligi” nomini olgan. 1972 yildagi bu voqea IRAning britaniyalik harbiylarga qarshi faol jangovar harakatlarni boshlashiga olib kelgan.
IRA o‘z oldiga kuch bilan Olsterning Buyuk Britaniyadan mustaqil bo‘lishi va Irlandiya Respublikasiga qo‘shilishini maqsad qilgan harbiylashgan milliy-ozodlik tashkiloti hisoblanadi. U 1969 yilda muvaqqat va rasmiy IRAga bo‘linib ketgan. Ma'lumotlarga ko‘ra, muvaqqat IRA jangarilari qo‘lidan jangovar to‘qnashuvlar va teraktlar sodir etish vaqtida 1,8 ming kishi, jumladan 1,1 ming britaniyalik harbiy, Qirollik politsiyasi va Olster mudofaasi polki xodimlari, 600 ga yaqin fuqaro va boshqa katolik hamda protestant harbiylashgan guruhlari jangarilari halok bo‘lgan.
2005 yilda ushbu tashkilot rasman qurolni tashlagan, biroq IRAni tiklash va teraktlarni sodir etishni yana boshlashga urinishlar hamon davom etib keladi.
Tavsiya etamiz
Germaniyaga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holati aniqlandi
Jamiyat | 15:33 / 23.07.2025
O‘zbekistonda iPhone narxlari qimmatlashdi. Nega?
Iqtisodiyot | 21:38 / 22.07.2025
Toshkentda bemorga shilqimlik qilgan shifokor 5 sutkaga qamaldi
Jamiyat | 15:28 / 22.07.2025
Tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bo‘lgan ozdiruvchi qahvalar savdosiga chek qo‘yildi
Jamiyat | 09:27 / 22.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Maldiv – halol dam olish uchun ideal tanlov
Jamiyat | 19:00 / 25.07.2025
-
Yakkasaroy tumanidagi yong‘inda yettita archa daraxti yonib ketdi
O‘zbekiston | 15:11
-
Porscheʼning avtobiznesdan foydasi ikkinchi chorakda 91 foizga kamaydi
Avto | 15:07
-
Bitiruvchilarni texnikumga qabul qilish muddati 10 avgustga qadar uzaytirildi
Ta’lim | 14:55
Mavzuga oid

13:32
Ye3 davlatlari G‘azoda zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtatishga chaqirdi

11:19 / 24.07.2025
O‘zbekistonlik hamshiralar Britaniyaga ishga jalb etilishi mumkin

23:20 / 22.07.2025
Britaniyada depressiyaga chalingan odamlarga futbolga borish tavsiya etildi

15:25 / 22.07.2025