«O‘zbekiston havo yo‘llari»ning yangi samolyotida internetdan foydalanish necha pul?

«O‘zbekiston havo yo‘llari»ning yangi Airbus A320neo modelidagi samolyot o‘z qatnovlarini boshlagani xabar qilingandi.
Endilikda, har bir yo‘lovchi Airbus A320neo havo kemasida taklif etilgan narxlarga binoan belgilangan megabaytlarni xarid qilishi va parvoz vaqtida undan foydalanishi mumkin. Ushbu to‘lov jarayoni mobil uskunaga integratsiya qilingan avtomatlashtirilgan tizim orqali hamda parvoz xodimi yordamida amalga oshiriladi.
Ma'lum qilinishicha, kompaniya 4 turdagi internet-paketni taklif etmoqda:
Lite (20 Mb - 5,95$);
Medium (50 Mb - 13,95$);
Stream (120 Mb - 29,95$);
Business (220 Mb - 52,95$);
Uzcard tizimi orqali internet xizmatlari uchun bank kartalari yordamida to‘lovlarni amalga oshirish maqsadida, Yagona umumrespublika protsessing markazi mutaxassislari tomonidan «O‘zbekiston havo yo‘llari»ning billing tizimiga integratsiya qilish imkoniyati yaratildi.
Mavzuga oid

17:03 / 20.01.2025
“Eng xavfsiz parvoz tanlanadi” - Uzbekistan Airways osmondagi favqulodda holatlarga tayyormi?

10:42 / 21.04.2024
O‘zbekistonga yana bitta Airbus A320neo samolyoti keltirildi

20:27 / 17.11.2020
Raqamli iqtisodiyot rivojiga bank tizimi va internet zarur - «O‘zbekiston eksportchilari» uyushmasi raisi

08:41 / 06.11.2020