Jahon | 14:47 / 22.03.2019
9868
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiyaning Gretsiyadagi elchixonasiga granata uloqtirildi

Foto: REUTERS

Rossiyaning Afinadagi diplomatik vakolatxonasi binosi yonida portlash sodir bo‘ldi. Devor uzra uloqtirilgan granata haqidagi xabardan so‘ng bino qurshab olingan.

Qayd etilishicha, portlash unchalik kuchli bo‘lmagan. Sezilarsiz moddiy zarar yetgan, qurbonlar va jarohatlanganlar yo‘q. Konsullik bo‘limi hududida sapyorlar ish olib bormoqda.

Avvalroq tashqi kuzatuv kameralari mototsiklda ikki kishi yaqinlashib, elchixona hududiga noma'lum buyumni uloqtirib ko‘zdan g‘oyib bo‘lishganini tasvirga olgan. 

Mahalliy OAVning xabar berishicha, Afina markazida yondirib yuborilgan mototsikl topilgan. Politsiya mazkur voqealar orasidagi bog‘liqlikni tekshirmoqda.

Mavzuga oid