Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Elnur Abduraimov rossiyalik bokschini nokautga uchratdi

Foto: VKontakte/RCC Boxing Promotions
Jahon chempionati sovrindori va Osiyo chempioni Elnur Abduraimov bugun, 23 mart kuni Rossiyaning Yekaterinburg shahrida tashkil qilingan boks kechasida o‘zining navbatdagi jangini o‘tkazdi.
Uning Rossiya vakili Dmitriy Xasiyevga qarshi professional ringdagi to‘rtinchi jangi 6 raundga mo‘ljallangandi va muddatidan avval nihoyasiga yetdi.
Abduraimov va Xasiyev jangni razvedkalarsiz boshladi, ikkisi ham natija uchun jang qildi. Jangning birinchi raundida Abduraimov birinchi raqam ostida jang qildi, Xasiyev esa qarshi hujumlarda harakatlandi.
Ikkinchi raundda jang tempi yanada o‘sdi, Elnur Abduraimov uzoq seriyalar qayd eta boshladi va vaziyatlardan birida Xasiyevni nokdaun holatiga tushirdi. Abduraimov shundan keyin ham pressingni davom ettirib, raqibni burchakka siqib qo‘ydi va uning jigar qismiga kuchli zarba yo‘llab, jangga nuqta qo‘ydi.
Shu tariqa, Abduraimov professional boksdagi to‘rtinchi jangida ham ustun kelib, g‘alabali seriyasini davom ettirdi.
Ma'lumot uchun, havaskor boksda 64 kg vazn toifasida ishtirok etgan, «Uzbek Tigers» jamoasi sobiq a'zosi bo‘lgan Elnur Abduraimov 2018 yilning fevralida professional boksga o‘tgandi.
U o‘tgan yilning 10 noyabr kunida Rossiyaning Yekaterinburg shahrida RCC Boxing Promotions promouterlik kompaniyasi tomonidan tashkil etilgan professional boks kechasida professional boksdagi uchinchi jangini o‘tkazib, braziliyalik Aele Meskuitani nokautga uchratgandi.
Xasiyev esa shu vaqtgacha professional ringda 11 marta jang qilib, 8 bor zafar quchgan (2 nokaut), 2 bor durang qayd etgan va 1 marta mag‘lubiyatga uchragandi.
Tavsiya etamiz
Urush taqdiri Alyaskada hal bo‘ladi – hafta dayjesti
Jahon | 17:31 / 10.08.2025
Koreya: Gapirilmaydigan haqiqatlar (2-qism) | SUBYEKTIV
Jamiyat | 18:07 / 09.08.2025
Lazizbek Mullajonov birinchisi emas. Doping sabab diskvalifikatsiya qilingan mashhur o‘zbek sportchilari
Sport | 20:54 / 08.08.2025
«Oltin to‘p»ga da’vogarlar ro‘yxati e’lon qilindi
Sport | 16:40 / 08.08.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Alyaskada Tramp va Putin uchrashuvi uchun katta uy tayyorlanmoqda
Jahon | 11:22
-
Umra xizmatlarini noqonuniy amalga oshirayotgan shaxslar faoliyatini aniqlash maqsadida “Sirli mijoz” tadbiri o‘tkaziladi
Jamiyat | 10:54
-
2025 yil moda ranglari - tabiat, hissiyot va jasorat uyg‘unligida
Ayollar dunyosi | 10:43
-
Intellektual mulk himoyasi bo‘yicha ayrim qonunlar o‘zgartirildi
O‘zbekiston | 10:32
Mavzuga oid

08:30 / 08.05.2022
Shahram G‘iyosov yangi vazndagi ilk jangidayoq kamar qo‘lga kiritdi, Elnur Abduraimovda nokaut

08:48 / 03.08.2021
Shahobiddin Zoirov va Elnur Abduraimov ham Olimpiadani medalsiz yakunlashdi

00:08 / 03.08.2021
Uch bokschi medalga yaqin, Assakalov va Jo‘rayev ham bahslarga qo‘shiladi

02:28 / 25.07.2021