Telia O‘zbekistondagi korrupsiyaga oid ish doirasidagi so‘nggi transhni to‘lab berdi

Foto: Casper Hedberg / Bloomberg
Telia telekommunikatsiya korporatsiyasi Niderlandiya prokuraturasiga kompaniyaning O‘zbekistondagi faoliyati bilan bog‘liq korrupsiyaga qarshi surishtiruv doirasidagi kelishuv bo‘yicha 208,5 mln AQSh dollari to‘lab berdi. Bu haqda Telia rasmiy saytida xabar qilingan.
Kompaniyadan ta'kidlanishicha, bu ish bo‘yicha global kelishuv bitimlariga muvofiq barcha moliyaviy majburiyatlar bajarilgan.
Eslatib o‘tamiz, mojaro bir necha yil muqaddam boshlangan. O‘shanda Telia 2004 yildan 2012 yilgacha bo‘lgan davrda, mamlakatda biznes yuritish imkonini olish maqsadida Gulnora Karimova nazoratida bo‘lgan soxta kompaniya hisob raqamlariga taxminan 800 million dollar o‘tkazib bergani ma'lum bo‘lgandi. Niderlandiya va AQSh hukumatlari 2014 yildan beri Telia’ning O‘zbekiston bozoriga kirishi holatini tekshiruvdan o‘tkazishni boshladi, bu 2007 yilda yuz bergan bo‘lib, kompaniya 2016 yilda 1,25 milliard yevrolik jarimaga tortildi.
2017 yilda kompaniya AQSh va Niderlandiya hukumatlari bilan erishilgan, ayblovlarni olib tashlash to‘g‘risidagi kelishuv doirasida 965 million AQSh dollari miqdorida jarima to‘lashga rozi bo‘ldi.
Telia 2018 yil dekabr oyida O‘zbekiston Davlat raqobat qo‘mitasiga Ucell operatoridagi barcha ulushni 215 million dollarga sotib yubordi.
Bundan oldin, MTS «O‘zbekistondagi poralar» ishi bo‘yicha bayonot bergandi.
Mavzuga oid

23:08 / 24.04.2025
O‘zbekistonga Shveytsariya va Belgiyadan Gulnora Karimovga tegishli jami 290 mln dollar qaytarilishi mumkin

15:54 / 24.04.2025
Gulnora Karimovaning Shveytsariyada musodara qilingan mablag‘laridan 95 mln dollar O‘zbekistonga qaytarilgan

12:03 / 03.04.2025
Belgiya hukumati «korrupsiya va pul yuvish» jinoyatlari doirasida musodara qilingan 108 mln dollarni O‘zbekistonga qaytarmoqchi

16:53 / 06.02.2025