Jahon | 22:35 / 30.03.2019
17037
2 daqiqa o‘qiladi

Salondagi chidab bo‘lmas darajadagi hid tufayli Boeing 737 Vashingtonda qo‘nishga majbur bo‘ldi

Foto: EPA

United Airlines kompaniyasiga qarashli Boeing 737 samolyoti salon ichida chidab bo‘lmas darajadagi hid chiqqani tufayli Vashingtonda qo‘nishga majbur bo‘ldi. Fox News telekanalining xabar berishicha, samolyot Baltimordan San-Fransiskoga uchishi kerak bo‘lgan.

Parvozdan bir necha daqiqa o‘tgach yo‘lovchilardan biri o‘tkir hiddan o‘zini noxush his qila boshlagan. Uning ko‘ngli aynib, boshi og‘rigan.

Samolyotni Vashingtonda shifokor va o‘t o‘chirish xodimlari kutib olishgan. Tekshiruvlardan so‘ng bortda bo‘lgan yo‘lovchilardan yetti nafari kasalxonaga jo‘natilgan.

Aviakompaniya jabrlanuvchilarga tibbiy xizmat xarajatlarini to‘lab beradi. Hodisaning sababi esa ma'lum qilinmagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Efiopiyada Boeing 737 MAX samolyoti qulaganidan so‘ng butun dunyo bo‘ylab o‘nlab aviakompaniyalar Boeing 737 MAX samolyotlaridan foydalanishni to‘xtatdi. Yevroittifoq va AQSh ularning parvozi uchun o‘z havo hududini yopib qo‘ydi.

Mavzuga oid