Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yashnobod tumanida Epica avtomobili yonib ketdi

2019 yilning 1 aprel kuni soat 09:12da Toshkent shahar IIBB Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi Yong‘inni o‘chirish kuch va vositalarini boshqarish va muvofiqlashtirish markaziga Yashnobod tumani Toshkent halqa aylana yo‘li ko‘chasi 39-uyda joylashgan AYoQSh qarshisida turgan Epica rusumli avtomobil yonayotganligi haqida xabar kelib tushgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV YoXBB OAV bilan hamkorlik qilish bo‘linmasi ma'lumotiga ko‘ra, xabar asosida 2 ta yong‘in o‘chirish ekipajlari jalb etilgan.
Bo‘linmalar soat 09:14da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 09:19da o‘chirilgan. Yong‘in oqibatida avtomobilning motor qismi yonib zararlangan. Tan jarohati olganlar va halok bo‘lganlar yo‘q.
Yong‘in kelib chiqishining taxminiy sababi - avtomobilning motor qismidagi elektr simlarida qisqa tutashuv.
Mavzuga oid

13:58
Burchmulla o‘rmon xo‘jaligida yong‘in chiqdi

10:40 / 30.07.2025
Usta Shirin ko‘chasidagi ishlab chiqarish korxonasida yong‘in kelib chiqdi

18:21 / 29.07.2025
Turkiyada yuqori harorat tufayli yirik o‘rmon yong‘inlari – fotosuratlar

09:58 / 29.07.2025