Urganchda internet va axborot-kutubxona resurslari mavzuida xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tadi

24-26 aprel kunlari Urganch shahrida “Central Asia – 2019: Fan, ta'lim, madaniyat va biznesda internet va axborot-kutubxona resurslari” XIII Xalqaro konferensiyasi bo‘lib o‘tadi. Unda 10 ta xorijiy davlatdan 26 nafar ekspert ishtirok etishi kutilmoqda. Bu haqda Xalqaro konferensiyaga bag‘ishlangan matbuot anjumanida O‘zbekiston Milliy kutubxonasi direktori Umida Teshaboyeva ma'lum qildi.
“Mahalliy mutaxassislardan 80dan ziyod maqolalar kelib tushdi. Ular konferensiya dasturi va konferensiya to‘plamidan o‘rin oladi. Konferensiya doirasida respublikamizda axborot-kutubxona muassasalarining bugungi kundagi holati, sohada mavjud dolzarb muammolar tahlil qilinib, tajribalar tinglanadi, istiqboldagi rejalar belgilab olinadi va hamkorlikda ishlash mexanizmi ishlab chiqiladi”, dedi u.
Xalqaro konferensiyada kitob va kitobxonlik, Milliy umumta'lim elektron kutubxonasi UzNEL dasturining ishlash jarayoni, MDH va xorijiy davlatlar yirik kutubxonalari bilan hamkorlik aloqalariga alohida e'tibor qaratiladi.
Anjuman fan, ta'lim, madaniyat va biznes sohalarida elektron axborot resurslarni rivojlantirish va qo‘llashda axborot-kutubxona muassasalari, o‘quv yurtlari, arxivlar, muzeylar va boshqa tashkilotlar bilan birgalikda kutubxona ishining muammolari, ularning innovatsion rivojlanish yo‘llarini izlash va hal etishni maqsad qilgan.
Qayd etilishicha, konferensiyaning har yili turli viloyatlarda o‘tkazilishi o‘sha hudud axborot-kutubxona sohasining jonlanishi va yanada rivojlanishiga turtki beradi. Shuningdek, yosh mutaxassislar uchun anjumanda ishtirok etish maqsadi ularni o‘z ustida ishlashga undaydi.
Mavzuga oid

20:33 / 01.05.2025
Prezident Urganch shahrida jamoat transporti faoliyati bilan tanishdi

14:50 / 01.05.2025
TATU Urganch filiali Urganch davlat universitetiga qo‘shib yuboriladi

14:19 / 01.05.2025
Urganch aeroporti Koreyaning Inchon aeroporti bilan sheriklikda boshqariladi

21:05 / 30.04.2025