Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farhod Mahmudov: O‘zbekiston mahalliy kinematografiya sanoatini qaytadan tiklashi zarur

O‘zbekistonda mahalliy kinematografiya sanoatini qaytadan tiklash zarur: pul ajratish va yangi kadrlarni yetishtirish lozim, dedi Rossiyada xizmat ko‘rsatgan artist Farhod Mahmudov Kun.uz muxbiri bilan suhbatda.
«Qaysidir davrda nafaqat O‘zbekiston, balki Markaziy Osiyoda kino o‘lgandi. Uni tiklash uchun nima qilish kerak? Faqat bitta yo‘li bor – o‘rganish. Maktablar tashkil qilish, o‘qib-o‘rganish uchun boshqa davlatlarga borish kerak. Amalda barchasi boshidan boshlanadi, urug‘ ekamiz va uni o‘stiramiz», – deydi Mahmudov.
Uning so‘zlariga ko‘ra, mamlakatda juda iste'dodli aktyorlar bor bo‘lishiga qaramasdan, hozircha o‘zbek rejissyorlari o‘rtasida raqobat ko‘rinmayapti. Kino sanoatini to‘liq tiklash uchun birgina buning o‘zi yetarli emas, chunki kino san'atlar – ovoz, yorug‘lik, tasvir, liboslar, aktyorlik mahorati yig‘indisi hisoblanadi.
«Qaysidir davr boy berildi. Tushunaman, shunaqa davr edi. mablag‘ bo‘lmagan, hech kim bu bilan shug‘ullanmagan. Sovet davridagi maktab juda jiddiy maktab bo‘lgan. Bu yerda «Mosfilm», «Lenfilm» bilan yelkama-yelka ishlagan professionallar bo‘lishgan. O‘tgan yillar davomida kimdir hayotdan ko‘z yumdi, kimdir boshqa davlatga chiqib ketdi, yana kimdir keksaydi. Ularning ortidan deyarli hech kim qolmadi. Rejissyor yoki aktyor bo‘lib tug‘ilmaydilar. Odam iste'dodli bo‘lishi mumkin, ammo uni sayqallash kerak. Urug‘ qadab, uni parvarish qilmasangiz, suv quymasangiz, u unib chiqmaydi », – dedi Mahmudov.
Rossiyada xizmat ko‘rsatgan artist Farhod Mahmudov Toshkentda tug‘ilib-o‘sgan. Kinodagi birinchi rolini 14 yoshida «O‘zbekfilm» kinostudiyasida suratga olingan «Bo‘rilar» filmida ijro etgan.
Maktabni bitirganidan so‘ng u Moskvadagi Butunrossiya davlat kinematografiya institutida tahsil olgan va faoliyatini Rossiyada davom ettirgan. 2016 yilda u suratga tushgan o‘zbekistonlik kinorejissyor Rustam Sa'diyevning «Baron» filmi ekranlarga chiqdi.
Video: Mover (tas-ix)
Video: Youtube
Tavsiya etamiz
Tramp qamchini qo‘lga olyaptimi?
Jahon | 09:05 / 31.07.2025
Yangi eskrou tizimi. Bu uy-joy narxini yanada qimmatlashtiradimi?
Ko‘chmas mulk | 11:37 / 30.07.2025
Urush balosi: «Aeroflot»ni nega «buzishdi»?
Jahon | 23:22 / 29.07.2025
«Aeroflot»ga hujum. Bir kundan keyin nimalar ma’lum?
Jahon | 21:16 / 29.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti rahbari o‘zgardi
O‘zbekiston | 00:58
-
Sloveniya Isroilga qurol embargosini joriy qildi
Jahon | 23:57 / 01.08.2025
-
Rossiyada til bilmaydigan migrantlarni ba’zi kasblarga ishga qabul qilmaslik taklif etildi
Jahon | 23:35 / 01.08.2025
-
Xitoyda odamsimon robot ilk bor universitetga qabul qilindi
Fan-texnika | 23:25 / 01.08.2025
Mavzuga oid

12:30 / 26.10.2024
Kinematografiya milliy komissiyasining vazifalari belgilandi

15:29 / 07.06.2024
Shuhrat Rizayev Kinematografiya agentligi rahbari etib tayinlandi

23:54 / 25.04.2024
O‘zbek telekanallarida har shanba «Milliy kino kuni» o‘tkaziladi

19:45 / 12.01.2023