Kuvayt samolyoti kuchli do‘l sababli shikastlandi

Foto: The Daily Star
Kuvayt avialiniyalari samolyoti Bayrutga qo‘nish vaqtida kuchli do‘l sababli shikast yedi. Bu haqda 21 aprelda NNA axborot agentligi xabar berdi.
Samolyot aeroportga qo‘na olgan. Agentlik ma'lumotlariga ko‘ra, u qo‘nishga kirayotganda 2,4 km balandlikda fyuzelyaji pachoqlangan va kichik yoriq olgan.
Kuvayt avialiniyalari tvitterda samolyot do‘lga to‘qnash kelgani va ayni vaqtda ta'mirlanayotganini ma'lum qilgan. Barcha yo‘lovchilar Bayrutdagi mehmonxonaga joylashtirilgan.
Hafta oxirida Liviya, Suriya va Iordaniyani kuchli siklon qamrab olib, o‘z ortidan qor va kuchli yomg‘irlar olib kelgan.
Mavzuga oid

14:41 / 05.05.2025
O‘zbekiston Fransiyadan 14 ta yangi Airbus samolyotini xarid qiladi

14:37 / 03.05.2025
Kuvayt Toshkentda yetim bolalar uchun maktab qurmoqchi

18:39 / 02.05.2025
Boliviyada bortida besh kishi bo‘lgan samolyot g‘oyib bo‘ldi

18:28 / 01.05.2025