O‘zbekiston boks bo‘yicha Olimpiada saralash turniriga mezbonlik qilmoqchi

Foto: ASBC
O‘zbekiston boks federatsiyasi raisining birinchi o‘rinbosari Saken Polatov 17 aprel kuni Osiyo Boks Konfederatsiyasi (ASBC) Bosh assambleyasining Bangkokda o‘tgan yig‘ilishida tashkilot Ijroiya qo‘mitasi a'zoligiga saylangan. Polatov ayni kunlarda Tailand poytaxtida davom etayotgan Osiyo chempionatini bevosita kuzatib bormoqda.
«Bangkokda arenalar, muhit, mehmondo‘stlik va tashkilotchilikning barcha jabhalari a'lo darajada, ammo bitta muhim faktor haqida bunday deb bo‘lmaydi. Afsuski, bu safargi Osiyo chempionatida anshlag kuzatilmayapti», – deya o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi Polatov ASBC matbuot xizmati bilan suhbatda.
Saken Polatovning so‘zlariga ko‘ra, hozirda O‘zbekistonda 30 mingga yaqin sportchi boks bilan shug‘ullanmoqda. «Tez orada bu ko‘rsatkich ikki barobarga oshishiga umid qilmoqdaman», – deya ta'kidlagan u.
O‘zbekiston boksi rahbarining ma'lum qilishicha, dekabr oyida Toshkentda Osiyo Boks Konfederatsiyasi Ijroqo‘mining yig‘ilishi va 22 yoshgacha sportchilar o‘rtasida Osiyo chempionati bo‘lib o‘tadi. Shuningdek, O‘zbekiston Osiyo va Okeaniya bokschilarining 2020 yilgi Olimpiada saralash turniriga mezbonlik qilishni maqsad qilgan.
Eslatib o‘tamiz, Saken Polatov shu yil fevral oyi boshida O‘zbekiston boks federatsiyasi raisining birinchi o‘rinbosari etib saylangan edi.
Tavsiya etamiz
Husanovning o‘yinsiz seriyasi atrofidagi savollar va javoblar
Sport | 18:17 / 04.05.2025
9 may bayrammi yoki motam? Bu kunning mazmuni qanday?
O‘zbekiston | 21:19 / 03.05.2025
Husanov nega o‘ynamayapti?
Sport | 10:00 / 01.05.2025
Orzu-havas niqobini kiygan kimo‘zarga o‘ynash: hukumat to‘ylarni tartibga sola oladimi?
O‘zbekiston | 17:00 / 30.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
May oyida vodiyda me’yorga yaqin harorat kutiladi, mamlakatning katta qismida oy xuddi iyun kabi o‘tadi
O‘zbekiston | 11:17
-
“Tezlik juda yuqori bo‘lgan” – Navoiydagi dahshatli YTHga izoh berildi
O‘zbekiston | 11:11
-
Chegarada ushlab qolingan madaniy boyliklar summasi ma’lum qilindi
Jamiyat | 10:55
-
Isroil Yamandagi husiychilar infratuzilmasiga havo hujumi uyushtirdi
Jahon | 10:34
Mavzuga oid

21:35 / 06.05.2022
O‘zbek sportining 30 yillik tarixidagi eng yaxshilar taqdirlandi

15:23 / 08.04.2020
«Bokschimiz bir yarim kunda 6 kg vazn tashlashiga to‘g‘ri keldi». Saken Polatov Olimpiadaga tayyorgarlik va muvaffaqiyat siri haqida

16:13 / 14.06.2019
Saken Polatov Milliy olimpiya qo‘mitasi vitse-prezidenti bo‘ldi

15:32 / 26.04.2019