O‘zbekistondagi 1200 dan ortiq jome masjidlarda xatmi Qur'on boshlandi

Foto: O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati
Ramazonning ilk oqshomi O‘zbekistonning 2050 dan ziyod masjidda taroveh namozlari, 1200 dan ortiq jome masjidlarda xatmi Qur'on boshlandi. Jome masjidlarga yig‘ilgan ming minglab namozxonlar xofiz qorilarning chiroyli sovt va xushovozlik bilan o‘qigan Qur'oni Karim tilovotlaridan bahramand bo‘ldilar.
Bu kecha “Hazrati Imom” jome masjidida ham taroveh namozida Haq taolo kalomini xatmi boshlandi. Masjidga asta-sekin ko‘zlari Ramazon shukuhi ila chaqnagan, yuzlari nurli, yoshlari ulug‘ otaxonlar hamda taroveh namozida Allohning muborak kalomiga some bo‘lishni intiqlik bilan kutgan namozxonlar kirib kela boshladilar. Bir zumda masjid Qur'on muxlislari bilan to‘lib toshdi, deyiladi O‘zbekiston Musulmonlari idorasi xabarida.
Dastlab, muftiy muborak Ramazon oyi bilan barchani tabriklab, duolar ijobat bo‘ladigan damlarni g‘animat bilish, yurtning tinch-osoyishtaligi xotirjam ibodat qilish garovi ekanini ta'kidlab, yaratgandan bu ne'matlarni yanada ziyoda qilishini so‘rab, duo qildi. So‘ngra taroveh namozi boshlanib, Kalomullohning tilovati qalblarga surur va farah baxsh etdi.
Taroveh namozi o‘qib bo‘lingach, namozxonlar muftiy hazrat bilan baralla duoga qo‘l ochib, Ramazoni sharifga yetkazgani uchun Alloh taologa hamdu sanolar aytishdi. Yaratgandan yurt tinchligini, osmonimiz musaffoligini, xalqimiz farovon bo‘lishini so‘rashdi.




















Mavzuga oid

17:44 / 25.03.2025
Tojikiston, Qirg‘iziston va Qozog‘istonda joriy Ramazon oyi 29 kunda yakunlanishi kutilyapti. 30 mart Hayit bo‘lishi mumkin

10:32 / 01.03.2025
Saida Mirziyoyeva Ramazon oyi munosabati bilan o‘zbekistonliklarni tabrikladi

22:08 / 28.02.2025
Shavkat Mirziyoyev Ramazon oyi kirib kelishi munosabati bilan O‘zbekiston xalqiga tabrik yo‘lladi

17:09 / 28.02.2025