Toshkentda «Gazel» yuk avtomashinasi yonib ketdi
Joriy yilning 30 may kuni soat 11:52da Toshkent shahar YoXB kuch va vositalarini boshqarish va muvofiqlashtirish markaziga Yashnobod tumani, Ohangaron shoh ko‘chasi 11-uy oldida “Gazel” rusumli yuk tashish avtomashinasida yong‘in sodir bo‘layotganligi haqida xabar kelib tushgan.
O‘zbekiston Respublikasi FVV YoXBB OAV bilan hamkorlik qilish bo‘linmasi xabariga ko‘ra, voqea joyiga 2 ta yong‘in o‘chirish bo‘linmalari jalb etilgan. Ko‘rilgan tezkor harakatlar natijasida yong‘in bartaraf etilgan.
Yong‘in oqibatida avtomashinasining motor, salon qismi va yukxonasidagi mahsulotlari qisman yonib zararlangan. Tan jarohati olganlar yo‘q.
Yong‘inni kelib chiqish sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda, deyiladi xabarda.
Mavzuga oid

10:29 / 26.04.2025
Zangiotadagi gilam do‘konida yirik yong‘in sodir bo‘ldi

20:34 / 24.04.2025
Toshkentda avtomobilni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun onlayn ariza berish mumkin bo‘ldi

18:55 / 24.04.2025
Toshkentda yuk ortgich mashina yonib ketdi

08:50 / 24.04.2025