Kanadada sayyoh 40 yil ochilmasdan kelayotgan seyfni bir urinishdayoq ochdi

Kanadada sayyoh Vermilion Heritage muzeyida saqlangan va 40 yil davomida ochilmasdan kelayotgan seyfni bir urinishda ocha oldi. Bu haqda CNN telekanali xabar berdi.
“Sirli seyf Kanadaning Albertasidagi Vermilion muzeyi yerto‘lasida o‘nlab yillar davomida saqlangan. Uni ochish uchun temirchilar, uni ishlab chiqargan kompaniya vakillari, muzeyning sobiq xodimlari, so‘ngra oddiy tashrif buyuruvchilar jalb qilingan. Seyfni 40 yildan buyon hech kim ocholmasdan kelayotgan edi, biroq bu ishni sayyohlardan biri tasodifan epladi”, deb xabar bergan telekanal.
Ma'lum qilinishicha, muzey yopiqligiga qaramay u yerni ko‘rsatishni so‘ragan sayyoh seyf shifrini topa olgan. Sayyoh seyfga qulog‘ini tutib, 60 raqamli siferblatda 20-40-60 kombinatsiyasini tergan va seyf yig‘ilganlarning hayratiga sabab bo‘lgancha ochilgan.
“Afsuski, seyf ichida saqlangan narsalar hafsalani pir qildi. U yerda eski hujjatlar, bir nechta chek va ofitsiantkaning bloknoti bo‘lgan. Ularning barchasi 1977-1978 yillarga tegishli bo‘lgan”, deb aytilgan xabarda.
Ta'kidlanishicha, seyf dastlab 1900-yillar boshida ochilgan Brunswick mehmonxonasiga tegishli bo‘lgan. 70 yildan keyin mehmonxona yopilib ketgan, seyf esa muzey ixtiyoriga o‘tgan va u yerda ochilmagan holda saqlanib kelgan.
Mavzuga oid

23:14 / 06.05.2025
«Hech qachon hech qachon demang» - Tramp Kanadaning AQShga qo‘shilishi haqida

18:03 / 06.05.2025
Kanada Rossiyaning ulkan «Ruslan» samolyotini musodara qiladi

10:13 / 29.04.2025
Kanadadagi parlament saylovlarida liberallar g‘alaba qozondi

17:10 / 27.04.2025