Sharja amirining o‘g‘li vafot etishi munosabati bilan BAAda uch kunlik motam e'lon qilindi

Foto: Getty-Contributor
Sharja amirligi hukmdori shayx Xolid bin Sulton Al Qosimiyning o‘g‘li o‘limi munosabati bilan BAAda uch kunlik milliy motam e'lon qilindi, deb xabar berdi WAM axborot agentligi.
Sharja amirining ishlar boshqarmasi ma'lum qilishicha, shayx Xolid Al Qosimiy 1 iyul kuni Buyuk Britaniyada vafot etgan. O‘lim sababi xabar qilinmayapti.
O‘ttiz to‘qqiz yoshli Xolid Al Qosimiy Sharja amirligi hukmdori shayx Xolid bin Sulton Al Qosimiyning uchinchi o‘g‘li edi.
Xolid Al Qosimiy Buyuk Britaniyada yashar, u Qasimi kiyim-kechaklar brendiga asos solgandi.
1999 yilda Buyuk Britaniyada Sharja hukmdorining katta o‘g‘li shayx Muhammad bin Sulton Al Qosimiy 24 yoshida vafot etgan. OAVning ma'lumotiga ko‘ra, suddagi tinglovlarda uning o‘limiga giyohvand moddani haddan ortiq iste'mol qilish sabab bo‘lganligi aytilgan.
Mavzuga oid

09:07 / 10.05.2025
Sharjada bo‘lib o‘tadigan xalqaro kitob yarmarkasida O‘zbekiston paviloni tashkil etiladi

14:12 / 09.05.2025
O‘zbekiston va BAA turizm sohasida kadrlar tayyorlashni boshlaydi

03:00 / 08.05.2025
Abu-Dabida Yaqin Sharqdagi birinchi «Disneylend» paydo bo‘ladi

19:01 / 07.05.2025