Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Britaniya va Kanada OAV erkinligi bo‘yicha Global koalitsiya tuzilishini e'lon qildi

Foto: RIA Novosti / Vladimir Astapkovich
Buyuk Britaniya va Kanada tashqi ishlar vazirlari Jyeremi Xant va Xristya Friland OAV erkinligi bo‘yicha Global koalitsiya tuzilishini e'lon qildi.
"Koalitsiya OAV erkinligi tahdid ostida qolganida hamkorlikda choralar ko‘rishga va butun dunyoda OAVni qo‘llab-quvvatlashga rasmiy va'da berib imzolagan hukumatlar tomonidan tuziladi", - deyiladi Buyuk Britaniya TIV xabarida.
Koalitsiya tuzish to‘g‘risidagi qaror Londonda bo‘lib o‘tgan OAV erkinligi bo‘yicha global konferensiya yakunlariga ko‘ra qabul qilindi. Bunday konferensiyalar har yili o‘tkaziladi, 2020 konferensiya Kanadada bo‘lib o‘tadi.
Qayd etilishicha, dunyoning turli burchaklarida OAV erkinligi borgan sari tahdid ostida qolmoqda.