Filippinda denge bezgagi tarqalishi sababli favqulodda holat e'lon qilindi

Foto: Fotolia / anankkml
Filippin sog‘liqni saqlash vazirligi aholi orasida denge bezgagiga chalinish holatlari yuz bergani sababli mamlakatning turli hududlarida favqulodda holat e'lon qildi, deb xabar berdi Rappler portali.
Filippin sog‘liqni saqlash vaziri Fransisko Dukening ma'lum qilishicha, 2019 yil 1 yanvardan 29 iyungacha 106 630 marta denge bezgagiga chalinish holatlari qayd etilgan bo‘lib, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 85%ga ko‘pdir. Bundan tashqari, yil boshidan buyon 456 kishi bezgakdan vafot etgan.
Vazirlik ma'lumotlariga ko‘ra, Mimaropa, G‘arbiy Visayi, Markaziy Visayi va Shimoliy Mindanao hududlarida epidemiya keng ko‘lamda tarqalgan. Yana to‘qqizta hududda aholi xavf yoqasida turibdi.
Denge chivinlar tomonidan tashiluvchi virusli infeksiya bo‘lib, u grippga o‘xshash kasallik keltirib chiqaradi va ba'zida og‘ir denge deb ataluvchi halokatli asoratlar rivojlanishiga olib keladi.
Mavzuga oid

18:35 / 13.05.2025
Xalqaro jinoiy sud orderi bilan hibsga olingan Filippin sobiq prezidenti mahalliy saylovlarda g‘alaba qozondi

01:24 / 02.05.2025
Filippinda yuz bergan YTHda 10 kishi halok bo‘ldi

22:58 / 27.04.2025
Xitoy Filippin yaqinidagi bahsli kimsasiz orolni egallab oldi

22:37 / 08.04.2025