Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Milliy ishlab chiqaruvchilar avtomobillariga aksiz solig‘i 1 oktyabrdan bekor qilinadi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasi avtomobil sanoatini jadal rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar haqida»gi qarori qabul qilindi.
Prezident qarori bilan yangi tartib o‘rnatilmoqda va unga ko‘ra:
a) 2020 yilning 1 yanvariga qadar «O‘zavtosanoat» AJ va tarkibida «O‘zavtosanoat» AJ ulushi bo‘lgan korxonalar, original ishlab chiqaruvi (OEM) tomonidan nominatsiya qilingan (belgilangan) yoki tavsiya etilgan yetkazib beruvchilar yoki avtomobillar lisenziarlari yoki shunday talab avtomobil ishlab chiqarishni tashkil etish bo‘yicha doiraviy, lisenzion va institutsion bitimlar, shuningdek, sanoat namunalarini ishlab chiqish va loyihalashtirish, avtomobil mahsulotlarini ishlab chiqarish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirishda texnik ko‘mak ko‘rsatish bo‘yicha bitimlar orqali o‘rnatilgan bo‘lsa tovarlar (ishlar, xizmatlar) davlat xaridi bo‘yicha texnik shartlar O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi «Loyihalar va import shartnomalarini kompleks ekspertizasi markazi» DUKda ekspertizadan o‘tkazilmaydi;
b) «UzAutoMotors» AJning 2019 yilning 1 oktyabridan keyin tuziladigan shartnomalar bo‘yicha avtomobillariga aksiz solig‘i bekor qilinadi;
v) 2019 yilning 1 oktyabridan milliy ishlab chiqaruvchilarning yangi avtotransport vositasini xarid qilganlik uchun yig‘im avtotransport vositalari ishlab chiqaruvchilari tomonidan to‘lanadi;
g) «O‘zavtosanoat» AJ va uning tuzilmasiga kiruvchi korxonalarning profilli bo‘lmagan aktivlari quyidagicha sotilishi mumkin:
· «E-IJRO AUKSION» savdo maydonchasida ularning qiymatini baholamasdan, qo‘shilgan qiymat solig‘i hisobga olinganda ularning balans qiymatiga teng bo‘lgan boshlang‘ich narxda (ko‘chmas mulk uchun) va haqiqiy qiymatida (xo‘jalik yurituvchi jamiyatlardagi ulushlar va aksiyalar paketi uchun) auksionga chiqarish yo‘li bilan;
· Savdoga chiqarilganidan so‘ng ikki oy ichida talabgorlar bo‘lmasa, boshlang‘ich narxini qadam-baqadam pasaytirib borish yo‘li bilan.
Tavsiya etamiz
«Aeroflot»ga hujum. Bir kundan keyin nimalar ma’lum?
Jahon | 21:16 / 29.07.2025
“Ish qilishga kuchim yo‘q”: quvvatsizlik oddiy charchoqmi yoki jiddiy signal?
Sog‘lom hayot | 16:45 / 29.07.2025
“Rossiya urushga chuqur kirib ketdi, undan chiqishi imkonsiz” - siyosatshunos
Jahon | 18:20 / 28.07.2025
Ukrainada siyosiy inqiroz. Nega bunday bo‘ldi va buyog‘iga nima bo‘ladi?
Jahon | 17:56 / 27.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Xitoy AQSh tahdidiga qaramay, Rossiya neftini sotib olishdan voz kechmadi
Jahon | 23:46 / 30.07.2025
-
Turkiyada migrantlarning noqonuniy bandligiga qarshi choralar kuchaytirildi
Jahon | 23:20 / 30.07.2025
-
Uy quruvchilarining “qora” ro‘yxati, rus ovchilarining o‘ljasi va issiqxonalarga qo‘llov – mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 22:52 / 30.07.2025
-
Nozimaxon Davletova Prezident Administratsiyasi rahbarining shartnoma asosidagi konsultanti bo‘ldi
O‘zbekiston | 22:27 / 30.07.2025
Mavzuga oid

11:04 / 28.07.2025
Prezident farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlari ijrosi nazorati kuchaytiriladi

13:55 / 24.07.2025
2026 yildan transport majburiy sug‘urtasi bo‘yicha sug‘urta summasi chegarasi ikki baravar oshadi

07:28 / 23.07.2025
Zo‘ravonlikning oldini olish bo‘yicha qo‘shimcha choralar qabul qilindi

15:35 / 17.07.2025