«Biz juda katta xatolikka yo‘l qo‘ydik». Qashqadaryo viloyati hokimi ham uzr so‘radi
Qashqadaryo viloyati hokimi Zafar Ro‘ziyev va hokimlik rahbariyatining boshqa vakillari Yakkabog‘ tumanida aholi vakillari bilan uchrashib, ulardan uzr so‘radi.
«...bu voqealarga hech qachon aloqasi bo‘lmaganligi va Eski Yakkabog‘ hududini obod qishloqqa aylantirish qarorini viloyat hokimligi qabul qilganligi, bo‘lgan voqeaga viloyat va tuman hokimligi aybdorligini [aytib], men yuz bora, ming bora hukumatimizdan, davlatimizdan, aziz xalqimizdan, hurmatli blogerlarimizdan, hurmatli jurnalistlarimizdan, mana shu masalada aziyat chekkan tadbirkorlarimizdan ta'zim qilib, iltifot qilib, kechirim so‘ramoqchiman.
Mana shu masalada biz juda katta xatolikka yo‘l qo‘ydik. Lekin bu xato biz uchun, agar imkon bo‘lsa va shart-sharoit yaratilsa, biz bundan buyog‘iga tadbirkorlarni... Men ko‘ryapmanki, tadbirkorlar bilan, zamon o‘zgarganligi, hayot o‘zgarganligi shuni taqozo qilyaptiki, endi oldingiga o‘xshab, «Buzilsin, olib tashlansin, qo‘porib tashlansin», degan siyosatdan bizda mutlaqo voz kechildi.
Bundan buyog‘iga har bir inson bilan individual ishlab, har bir oila bilan alohida shug‘ullanib, ularning imkoniyatlari va xohish-istaklarini – u odamlar ham farovon hayotni xohlaydi – hisobga olib, ko‘mak berib, ularning istaklariga qarshi ishlarga mutlaqo yo‘l qo‘ymasdan [ish olib boriladi].
Ya'ni ular o‘zlari xohlasa xonadonlari bo‘ladimi, tadbirkorlik sub'yektlari bo‘ladimi, o‘zaro shartnoma asosida erkin narxlovchilarga tadbirkorlik sub'yektlarini yoki uy-joylarini... Avvalo, buni bosh plan asosida, uzoq kelajakni o‘ylab... Vaqtinchalik, tezlik bilan «mana shu yerda savdo-sotiq qilishim kerak» degan nazardan, qonun-qoidalarga amal qilmasdan qurilgan tadbirkorlik sub'yektlari, bunaqa siyosatdan biz endi voz kechishimiz kerakligini bugun tushunyapman.
Agar biror do‘kon yo uy qursak, tuzuk qilib, yaxshilab qursakki, bizdan keyingi 5-6ta avlod shu uyda, shu do‘konda faoliyat olib borsa. Paxsadan, noqonuniy holatlarda, o‘zibo‘larchilik bilan qurib tashlaydigan siyosatdan voz kechishimiz kerak, aziz xalqimiz buni ham tushunishi kerak. Pala-partish qurilishlar odamlarimizga zarar-zaxm yetkazayotganini anglashimiz kerak, mana shu masalalarni keng jamoatchilikka, xalqimizga yetkazishimiz kerak», degan Zafar Ro‘ziyev.
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2 avgust kuni o‘tkazilgan videoselektorda Farg‘ona, Xorazm va Qashqadaryo viloyatlari hokimlari Shuhrat G‘aniyev, Farhod Ermanov va Zafar Ro‘ziyevni qattiq tanqid qilgandi. Prezident hokimlarga «Obod qishloq» dasturi amalga oshirilishida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar uchun tanbeh bergan va ulardan buzilish ishlaridan jabr chekkan aholi vakillaridan uzr so‘rashni talab qilgandi.
Tavsiya etamiz
Husanovning o‘yinsiz seriyasi atrofidagi savollar va javoblar
Sport | 18:17 / 04.05.2025
9 may bayrammi yoki motam? Bu kunning mazmuni qanday?
O‘zbekiston | 21:19 / 03.05.2025
Husanov nega o‘ynamayapti?
Sport | 10:00 / 01.05.2025
Orzu-havas niqobini kiygan kimo‘zarga o‘ynash: hukumat to‘ylarni tartibga sola oladimi?
O‘zbekiston | 17:00 / 30.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
YeChL. Kambeklarga boy bo‘lgan uchrashuvda "Inter" "Barselona"ni yengib, finalga chiqdi
Sport | 02:38
-
Hindiston Pokiston hududiga raketa zarbalarini berdi - video
Jahon | 01:59
-
NATOning uch davlati Vuchich va Fitso samolyotlarining Moskvaga uchishini taqiqladi
Jahon | 01:17
-
Kolumbiyada 6 ta maymunni bojxonadan ishtonlariga yashirib olib o‘tishga uringan shaxslar ushlandi
Jahon | 00:35
Mavzuga oid

15:27 / 15.04.2025
Qashqadaryoda YPX xodimiga faol qarshilik ko‘rsatgan haydovchi qamoqqa olindi

17:18 / 08.02.2025
“Sen qulsan” – Kosonda kelinini muntazam xo‘rlab kelgan qaynota va qaynona hamda ularning o‘g‘li ozodlikdan mahrum qilindi

15:06 / 28.12.2024
Jizzax viloyatining yangi hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi

11:02 / 15.12.2024