AQShdagi shtatlardan birida haydovchilarga fastfud sotib olish taqiqlandi

Foto: iStock
AQShning Minnesota shtatidagi Minneapolis shahrida mahalliy hokimiyat kafe va restoranlarda mashinadan tushmasdan taom sotib olish imkonini beruvchi drive-thru xizmati ko‘rsatilishini taqiqladi.
Endilikda haydovchilar ilgarigidek mashinada o‘tirgan holda burger va gazlangan ichimlik sotib ololmaydi, balki mashinadan tushib kafe yoki restoranga piyoda kirishiga to‘g‘ri keladi.
Bunday taqiq qo‘yilishining sababi oddiy: amaldorlar bunday servislar shahardagi muhitga salbiy ta'sir ko‘rsatmoqda deb hisoblashyapti.
Birinchidan, Minneapolis rahbariyatining fikricha, haydovchilar mashinalari motorlarini o‘chirmasdan taom olish uchun navbatda turishlari natijasida havo ifloslanmoqda. Ikkinchidan, ularning aytishlaricha, McDonald’s, Wendy’s yoki Taco Bell kabi tamaddixonalar joylashgan hududlarda mashinalar piyodalarni urib ketish holatlari ko‘p uchramoqda.
Mavzuga oid

23:29 / 14.06.2025
AQSh–Eron muzokaralari taqdiri nima bo‘ladi?

23:14 / 14.06.2025
AQSh dronlarga qarshi mudofaa tizimlarini Ukrainadan Yaqin Sharqqa ko‘chirdi

21:33 / 14.06.2025
Tramp bilan Putin Yaqin Sharqdagi xavfli keskinlashuvni muhokama qildi

21:27 / 14.06.2025