Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Maktablarga yangi o‘quv yili uchun sinf jurnallari va boshqa hujjatlarni yetkazish boshlandi

Foto: Xalq ta'limi vazirligi axborot xizmati
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi tomonidan yangi 2019-2020 o‘quv yili uchun umumiy o‘rta ta'lim maktablariga sinf jurnallari va boshqa hujjatlarni yetkazib berish ishlari boshlandi. Bu haqda XTV xabarida ma'lum qilindi.
Qayd etilishicha, vazirlik tomonidan maktablarga jami 247 372 dona sinf jurnallari yetkazib beriladi. Jumladan, ta'lim muassasalariga 1-4-sinflar uchun 99 440 dona, 5-9-sinflar uchun 108 840 dona, 10-11-sinflar uchun 39 092 dona sinf jurnallari yetkazib berilmoqda.
Bundan tashqari, maktablarga baholar tabeli, to‘garak mashg‘ulotlari jurnali kabi boshqa hujjatlar ham yetkaziladi.
Yangi o‘quv yilining boshidan (4 sentyabrdan) barcha umumiy o‘rta ta'lim maktablari o‘quv jarayonida foydalanish uchun sinf jurnallari bilan to‘liq ta'minlanadi, deyiladi ma'lumotda.
Ta'kidlanishicha, joriy yilda sinf jurnallarini tayyorlash jarayonida ularni dizayn va sifat jihatidan zamon talablariga javob berishi, o‘qituvchilar uchun qulaylik yaratishiga alohida e'tibor qaratilgan.
Tavsiya etamiz
Navoiyni kimlar zaharlayapti? – ekologiya vaziri izoh berdi
O‘zbekiston | 11:23 / 25.07.2025
Ishdagi ishqning yakuni: selektorda “qo‘lga tushgan” amaldor ishdan olindi
O‘zbekiston | 10:42 / 25.07.2025
Fransiya Falastin davlatini tan oladi - Makron
Jahon | 09:46 / 25.07.2025
Nihoyat: kelayotgan haftada salqin havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 20:03 / 24.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Maldiv – Muslim friendly formatida dam olish uchun ideal tanlov
Jamiyat | 19:00 / 25.07.2025
-
iPhone va avtosug‘urtada yangi narxlar, Navoiyda qalin smog - hafta dayjesti
O‘zbekiston | 22:40
-
Yaponiya ayollarning umr ko‘rish davomiyligi bo‘yicha navbatdagi rekordni o‘rnatdi
Jahon | 22:38
-
Kechki va masofaviy ta’lim shakliga tavsiya etish huquqiga ega bo‘lgan idoralar tasdiqlandi
Ta’lim | 21:40
Mavzuga oid

14:10 / 20.02.2025
O‘quvchilarni tartibga chaqirgan “zo‘ravon rais” - Qoziroboddagi maktabda o‘zi nima bo‘ldi?

18:06 / 19.02.2025
Noma’lum shaxs Toshkentdagi 71-maktabda «qirg‘in» uyushtirish bilan tahdid qildi

15:15 / 14.02.2025
Har bir tuman va shaharda kamida bittadan inklyuziv maktab tashkil etiladi

14:01 / 13.02.2025