Manba: Andijon shahri hokimi ishdan olinadi

Andijon shahri hokimi Dilmurod Rahmatullayev ishdan olinadi.
Kun.uz manbasi xabar berishicha, 26 avgust kuni xalq deputatlari Andijon shahar Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida Rahmatullayev lavozimidan ozod etilgani ma'lum qilinadi.
Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmonov ishtirokida o‘tkaziladigan mazkur yig‘ilishda shaharning yangi hokimi tanishtiriladi.
Turli yillarda ta'lim tizimida turli lavozimlarda ishlagan, bir muddat Andijon viloyati xalq ta'limi boshqarmasini boshqargan Dilmurod Rahmatullayev 2016 yildan buyon Andijon shahriga hokimlik qilib kelayotgandi.
U 2017 yilning kuzida Andijon shahridagi qator ta'lim muassasalarining rahbarlarini nojo‘ya so‘zlar bilan haqorat qilgani tasvirlangan audioyozuvlar tarqalib ketganidan keyin internetda mashhur bo‘lgandi.
Dilmurod Rahmatullayev 2018 yilning aprelida bosh vazir ishtirokida o‘tkazilgan videoselektorda shahar ko‘chalarini obodonlashtirish uchun, budjet tashkiloti xodimlari, jumladan, maktabgacha ta'lim muassasalari xodimlarini tadbirkorlardan gul va daraxt ko‘chatlarini ancha qimmat narxga sotib olishga majburlagani uchun hayfsan olgan, bosh vazir u oxirgi marta ogohlantirilayotganini ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid

12:55 / 21.04.2025
Andijon shahriga yangi hokim tayinlandi

09:52 / 28.02.2025
Guliston tumani hokimi o‘zgardi

15:39 / 24.02.2025
Oyoqosti bo‘lgan qonunlar va yo‘q qilingan yashil jamoat parki: “Ajdar yurak” hokimga chora ko‘riladimi?

09:49 / 15.02.2025