Tokio Olimpiadasiga yana bitta yo‘llanma qo‘lga kiritildi

Vengriyaning Tseged shahrida baydarka va kanoeda eshkak eshish bo‘yicha jahon chempionati o‘z yakuniga yetib bormoqda.
Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berishicha, o‘zbekistonlik kanoechi qizlar Nilufar Zokirova hamda Dilnoza Rahmatova 500 metrga juftlik yo‘nalishida kechgan bahsda Tokio Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritishdi.
Final bellashuvida O‘zbekiston vakillarii beshinchi bo‘lib marra chizig‘ini kesib o‘tishdi. Reglamentga ko‘ra, dastlabki sakkiz o‘rinda marraga kelgan qayiq egalari kelasi yili Tokio Olimpiadasida ishtirok etish huquqiga ega bo‘lishar edi.
Kanoeda eshkak eshish, JCh. Vengriya
Juftlik, 500 metr:
1. Sun / Tsu (Xitoy) – 2:02.81
2. Takash / Balla (Vengriya) – 2:04.49
3. Klimova / Makarchanka (Belarus) – 2:07.74
4. Yan / Preller (Germaniya) – 2:08.18
5. Rahmatova / Zokirova (O‘zbekiston) – 2:08.47
Shu tariqa terma, O‘zbekiston terma jamoasining Tokio-2020 Olimpiadasiga qo‘lga kiritgan litsenziyalari soni 4taga yetdi. Bundan avval tennischi Denis Istomin hamda velosportchi Olga Zabelinskaya yo‘llanma egalariga aylanishgan edi.
«O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi sportchi qizlarimiz, ularning yaqinlari va millionlab hamyurtlarimizni bunday muvaffaqiyat bilan muborakbod etib qoladi», deyiladi MOQ xabarida.
Ma'lumot uchun, Nilufar Zokirova va Dilnoza Rahmatova bugungi bellashuvlar davomida 200 metrga juftlik yo‘nalishida ham finalda startga chiqishadi.
Tavsiya etamiz
Husanovning o‘yinsiz seriyasi atrofidagi savollar va javoblar
Sport | 18:17 / 04.05.2025
9 may bayrammi yoki motam? Bu kunning mazmuni qanday?
O‘zbekiston | 21:19 / 03.05.2025
Husanov nega o‘ynamayapti?
Sport | 10:00 / 01.05.2025
Orzu-havas niqobini kiygan kimo‘zarga o‘ynash: hukumat to‘ylarni tartibga sola oladimi?
O‘zbekiston | 17:00 / 30.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
YeChL. Kambeklarga boy bo‘lgan uchrashuvda "Inter" "Barselona"ni yengib, finalga chiqdi
Sport | 02:38
-
Hindiston Pokiston hududiga raketa zarbalarini berdi - video
Jahon | 01:59
-
NATOning uch davlati Vuchich va Fitso samolyotlarining Moskvaga uchishini taqiqladi
Jahon | 01:17
-
Kolumbiyada 6 ta maymunni bojxonadan ishtonlariga yashirib olib o‘tishga uringan shaxslar ushlandi
Jahon | 00:35
Mavzuga oid

09:36 / 02.10.2023
Osiyo o‘yinlari. Eshkakchilar yana uchta medal olib berishdi

12:57 / 16.05.2023
Artur Guliyev - kanoeda eshkak eshish bo‘yicha jahon kubogi g‘olibi

19:51 / 03.09.2021
Yaponiya bosh vaziri iste'foga chiqadi. Sabablardan biri - Tokio Olimpiadasi

17:26 / 13.08.2021