Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sayxunobodda DXM yangi binoda ish boshladi

Sirdaryo viloyati Sayxunobod tumanida davlat xizmatlari markazi yangi binoda ish boshladi. Bino davlat-xususiy sherikchilik asosida qurilgan bo‘lib, markaz eng zamonaviy axborot texnologiya vositalari bilan jihozlandi.
Endi markazga tashrif buyuruvchilarga keng va yorug‘, shinam xizmat zalida qulay sharoitlarda xizmat ko‘rsatiladi. Markazda Internetga ulanish uchun bepul WiFi o‘rnatilgan. Elektron navbat tizimi 4 ta monitorda aks etib turadi, 14 ta qabul oynasida ko‘rsatiladigan xizmatlarda shaffoflik asosiy mezon sanaladi.
Ilgarigi binoda markazning umumiy maydoni 84 kv metr bo‘lib, xodimlari tarqoq holda joylashgan, bor-yo‘g‘i 2-3 ta xonalarning torligidan ikki nafar murojaatchi ichkariga kirsa, qolganlari yo‘lakda kutib qolishardi. Salkam 70 ming aholisi bo‘lgan tuman uchun bino torlik qildi.
Zamonaviy arxitektura dizayni asosida jihozlangan yangi markazning umumiy maydoni 530 kv metrni tashkil etadi. Markaz binosiga kirgan murojaatchilarning farzandlari uchun ham qulay sharoit yaratilgan bo‘lib, bolalar o‘yin maydonchasi, mabodo zarurat tug‘ilgudek bo‘lsa, tibbiyot xonasi ishlab turibdi. Shuningdek, odatiy davlat xizmatlaridan tashqari tuman fuqarolik holati dalolatnomalari yozish bo‘limi, tadbirkorlar uchun bosh vazir qabulxonasi, notarius xonasi, pasport berish va almashtirish bo‘yicha tuman ichki ishlar bo‘limi xodimi xonasi, konferensiya zali ham tashkil etilgan.
Tavsiya etamiz
Navoiyni kimlar zaharlayapti? – ekologiya vaziri izoh berdi
O‘zbekiston | 11:23 / 25.07.2025
Ishdagi ishqning yakuni: selektorda “qo‘lga tushgan” amaldor ishdan olindi
O‘zbekiston | 10:42 / 25.07.2025
Fransiya Falastin davlatini tan oladi - Makron
Jahon | 09:46 / 25.07.2025
Nihoyat: kelayotgan haftada salqin havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 20:03 / 24.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Maldiv – Muslim friendly formatida dam olish uchun ideal tanlov
Jamiyat | 19:00 / 25.07.2025
-
Andijondagi fabrika oqova suvlari bilan kanalni ifloslantirdi
Jamiyat | 23:09 / 26.07.2025
-
iPhone va avtosug‘urtada yangi narxlar, Navoiyda qalin smog - hafta dayjesti
O‘zbekiston | 22:40 / 26.07.2025
-
Yaponiya ayollarning umr ko‘rish davomiyligi bo‘yicha navbatdagi rekordni o‘rnatdi
Jahon | 22:38 / 26.07.2025
Mavzuga oid

18:35 / 18.07.2024
1 avgustdan avtomobil davlat raqamlarini berish tartibi o‘zgaradi

11:16 / 11.07.2024
Bolalarni bog‘chaga joylashtirish soddalashtirildi

09:56 / 15.04.2024
Prezident sirdaryolik bog‘bonga Tracker avtomashinasini sovg‘a qildi

10:48 / 11.04.2024