Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saudiya Arabistonidagi yirik neft zavodlarida dronlar hujumi natijasida yong‘in sodir bo‘ldi
Saudi Aramco kompaniyasining ikkita zavodi dronlar hujumiga uchradi, deb xabar berdi Reuters.
Xabarda aytilishicha, uchuvchisiz qurilmalar hujumi natijasida obektlarda yong‘in kelib chiqqan, ammo yong‘inlar darhol o‘chirilgan.
Al-Arabiya va Associated Press agentliklarining aniqlashicha, hujumga uchragan obektlardan biri Abkayka koni yaqinidagi neftni qayta ishlash zavodi bo‘lib, u jahondagi eng yirik neft zavodlaridan biri hisoblanadi. U sutkasiga 7 mln barrelgacha xomashyoni qayta ishlay oladi.
OAVning ma'lumotiga ko‘ra, ushbu hujumlar uchun javobgarlikni Yamandagi xusiy isyonchilari o‘z zimmalariga olgan. Eslatib o‘tamiz, shu yilning 17 avgustida Shayba neft-gaz konidagi tabiiy gaz ishlab chiqarish zavodiga xusiylar portlovchi moddalar joylashtirilgan o‘nlab dronlar yordamida hujum uyushtirishgandi.
Mavzuga oid

08:27
Eronda suv zaxiralari eng past darajaga tushib ketdi

09:02 / 27.07.2025
“Yangi loyihalarda Eron va Rossiyaning ishtiroki kamayib, turkiylarning ahamiyati ortib boryapti” – siyosatshunos

18:28 / 26.07.2025
Eronda baluj terrorchilari sud binosiga hujum qildi

07:40 / 24.07.2025