Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Eron markaziy bankiga qarshi sanksiyalar joriy qildi

AQSh Eronning markaziy bankiga qarshi sanksiyalar joriy qildi. Bu haqda AQSh prezidenti Donald Tramp ma'lum qildi, deb xabar berdi Reuters axborot agentligi.
Trampning aytishicha, bu sanksiyalar Eronga qarshi kiritilgan eng jiddiy sanksiyalardir.
AQSh moliya vazirligida Eron markaziy bankining AQSh hududidagi barcha mulki va aktivlari muzlatib qo‘yilishi ta'kidlab o‘tilgan. AQShning barcha fuqarolariga Eron markaziy banki bilan biror-bir operatsiya amalga oshirish taqiqlanadi.
AQSh, shuningdek, Eron markaziy banki bilan hamkorlik qiladigan xorijiy jismoniy va yuridik shaxslarga nisbatan ikkilamchi sanksiyalar kiritilishidan ogohlantirgan.
AQSh moliya vazirining ta'kidlashicha, bank Tehronning oxirgi mablag‘lar manbai bo‘lgan.
Mavzuga oid

23:46 / 30.07.2025
Xitoy AQSh tahdidiga qaramay, Rossiya neftini sotib olishdan voz kechmadi

14:57 / 30.07.2025
Tramp AQSh va Xitoy tarif sulhini uzaytirish to‘g‘risida qaror qabul qiladi

08:12 / 30.07.2025
Yevroittifoq AQSh avtomobillari uchun bojlar bekor qilinishini tasdiqladi

23:14 / 29.07.2025