Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh hukumati Ruhoniyning Nyu-Yorkda harakatlanishini cheklab qo‘ydi

Foto: Adem Altan/AFP/Getty Images
AQSh hukumati Eron prezidenti Hasan Ruhoniyning BMT bosh assambleyasi o‘tkazilishi davrida Nyu-Yorkda harakatlanish imkoniyatini cheklab qo‘ydi. Bu haqda Fars agentligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, Ruhoniy BMTning Manxettenda joylashgan bosh qarorgohini o‘zi mustaqil tark etolmaydi. Bundan tashqari, Eron prezidenti mehmonxonada yashash uchun maxsus ruxsatnoma olgan.
Avvalroq IRNA agentligi Ruhoniy delegatsiyasi a'zolarining uchdan bir qismi BMT bosh assambleyasiga kelish uchun AQSh vizasini ololmaganini xabar qilgandi.
Mavzuga oid

16:30
Tramp ma’muriyati Ozarboyjon va Markaziy Osiyoni «Ibrohim kelishuvlari»ga qo‘shmoqchi. O‘zbekiston TIV izoh berdi

13:22
Germaniya AQSh bilan kelishilgan holda Ukrainaga ikkita Patriot'ni beradi

12:49
AQSh senatorlari Ukrainaga 55 mlrd dollar ajratishni taklif qildi

11:56