Eldorning zarbasi plakatni yirtib yuborgan milliy jamoa mashg‘ulotidan fotogalereya
Bugun, 8 oktabr kuni O‘zbekiston milliy jamoasi JAR stadionida Yaman va Singapurga qarshi o‘yinlar oldidan navbatdagi mashg‘ulotini o‘tkazdi. Vadim Abramov boshchiligidagi milliy jamoaning navbatdagi mashg‘ulotida o‘zbek futbolining eng yorqin yulduzi Eldor Shomurodov qatnashdi. TsSKA bilan o‘yinda Rossiya chempionatidagi 10-golini urgan Eldor milliy jamoaga yuqori kayfiyatda keldi. Shomurodov mashg‘ulotga shunday kirishib ketdiki, uning zarbasidan so‘ng JAR stadionidagi plakat yirtilib ketdi.
Mashg‘ulotda, shuningdek, Janubiy Koreyaning «Seul» jamoasida o‘ynaydigan Ikrom Aliboyev ham kelib qo‘shildi. Oston O‘runov, Jasur Yaxshiboyev, Dilshod Ahmadaliyev, Odil Hamrobekov va Lutfulla To‘rayev mashg‘ulotda qatnashmadi. Demak Abramov bu futbolchilarni Yaman va Singapurga qarshi o‘yinlar uchun qaydnomaga kiritmagan.
«Bunyodkor» himoyachisi Sanjar Qodirqulov esa milliy jamoa bilan shug‘ullandi. Abramov uni saralashning ikki o‘yinida Farrux Sayfiyevga raqobatchi sifatida qaydnomaga kiritishi ham mumkin. Kecha alohida shug‘allangan Odil Ahmedov va Temurxo‘ja Abduxoliqov bugun umumiy guruhda shug‘ullanishdi. Quyida milliy jamoa mashg‘ulotidan tayyorlangan fotogalereyani e'tiboringizga havola qilamiz.
Mavzuga oid

14:32 / 29.03.2025
“Mening vazifam futbolchilarning ishini osonlashtirish” – Temur Kapadze

21:08 / 28.03.2025
Tehron endi qo‘rqinchli emas. O‘zbekistonni mundialga yaqinlashtirgan o‘yin haqida

15:16 / 25.03.2025
JCh-2026 saralashi: Eronga qarshi o‘yin oldidan

17:29 / 22.03.2025