AQShning strategik bombardimonchi samolyotlari Saudiya Arabistoniga yetib keldi

Foto: Flickr
AQSh harbiy-havo kuchlarining strategik bombardimonchi samolyotlari B-1B Lancer Saudiya Arabistonidagi Shahzoda Sulton nomidagi aviabazaga yetib keldi. Bu haqda AQSh qurolli kuchlari markaziy qo‘mondonligi (SeNTKOM) matbuot xizmati ma'lum qildi.
Samolyotlar AQShdagi Ellsworth bazasidan havoga ko‘tarilgan.
“B-1B Lancer uzoq masofalarga mo‘ljallangan strategik bombardimonchi bo‘lib, yer sharining istalgan joyidagi raqibni yo‘q qilishi mumkin. Bu shahzoda Sulton aviabazasining jangovar amaliyotlar olib bora olishini namoyish qiladi”, deyilgan xabarda.
AQSh mudofaa vazirligi 11 oktyabrda Vashington Saudiya Arabistoniga qo‘shimcha 3 ming askar, ikkita Patriot zenit-raketa majsuasi batareyasini, THAAD raketalarga qarshi majmuasini tashlashini e'lon qilgandi. AQSh prezidenti Donald Tramp ma'muriyati bu qarorni 14 sentyabrda Saudiya Arabistonidagi ikkita neft korxonasiga dronlar yordamida zarbalar berilgandan keyin qabul qilgan. Ushbu hujum uchun javobgarlikni yamanlik husiylar o‘z zimmasiga olgan.
Biroq Britaniya, Germaniya, Saudiya Arabistoni, AQSh va Fransiya hujum ortida Eron turganini ta'kidlagan. Tehronda bu ayblovlar asossiz ekanligi aytilgan.
Mavzuga oid

19:29
AQShdan deportatsiya qilinadigan o‘zbekistonliklar maxsus charter reys bilan Toshkentga olib kelinadi

15:27
Isroilga qarshi sud eshituvi, Hindiston hujumini kutayotgan Pokiston va Ukrainada 9 may otashkesimi - kun dayjesti

07:40
Xitoy AQSh ta’minotidan mustaqilligini e’lon qildi

21:22 / 28.04.2025