Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rustam Ashurmatov Key-Liga Chellenjda chempionlikni qo‘lga kiritdi
2019 yil yanvarida «Bunyodkor»dan Janubiy Koreyaning «Kvangju» klubiga o‘tgan Rustam Ashurmatov dastlabki mavsumidayoq legioner sifatida chempionlikka erishdi.

O‘zbekiston terma jamoasi himoyachisi to‘p suradigan «Kvangju» klubi 35-turgacha 21 g‘alaba, 10 durang va 4 mag‘lubiyat bilan 73 ochko jamlab, peshqadamlik qilayotgandi. Bugun «Chonnam Dragons»ga qarshi maydonga tushgan kvangjuliklar o‘z maydonlarida kutilmaganda mag‘lubiyatga uchrashdi (1:2).
Shunga qaramay, parallel o‘yinlardagi natijalarga ko‘ra ushbu jamoa Key-ligadan keyingi o‘rinda turuvchi «Key-liga Chellenj»da g‘oliblikni qo‘lga kiritishi aniq bo‘ldi va yangi mavsumdan asosiy musobaqada ishtirok etadigan bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, Janubiy Koreya quyi ligasida Rustam Ashurmatovdan tashqari Javlon Ibrohimov ham to‘p suradi. Uning klubi «Suvon» ayni damda 10 jamoa orasida 8-pog‘onadan joy olgan.
Mavzuga oid

18:24 / 10.07.2025
Rustam Ashurmatov Eron chempionatiga o‘tdi

22:02 / 08.06.2025
“Do‘stlar, biz bu kunga yetdik, uddaladik!” – oson kechmagan mundial yo‘li haqida katta suhbat

23:25 / 14.11.2023
Rustam Ashurmatov: «Hozir Eronning hujum chizig‘idan qo‘rqadigan holatda emasmiz»

08:21 / 02.11.2022