Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ichki ishlar vazirligi tizimida yangi tayinlov amalga oshirildi
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tizimida yangi tayinlov amalga oshirildi. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, podpolkovnik Oybek Qulbekov IIV huzuridagi Tergov departamenti boshlig‘ining o‘rinbosari – Jinoyatlarni tergov qilish boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi. U Ichki ishlar vazirining 16 noyabrdagi buyrug‘i bilan shu ishga o‘tkazilgan.

Oybek Qulbekov bunga qadar Toshkent shahar IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan.
Shuningdek, Ichki ishlar vazirining buyrug‘iga asosan polkovnik Baxtiyor Berdialiyev Ichki ishlar vazirligi Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Baxtiyor Berdialiyev shu kunga qadar IIV huzuridagi Tergov departamenti Tergov faoliyatini tashkillashtirish boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan.
U bu lavozimda Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i etib tayinlangangan Abduvohid Ismoilov o‘rnini egalladi.
Mavzuga oid

19:26 / 05.08.2025
Samarqand viloyati soliq boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi

19:08 / 05.08.2025
Samarqand viloyati hokimiga 4 nafar yangi o‘rinbosar tayinlandi

16:02 / 05.08.2025
Urgut tumaniga prokuror hokimlik qiladi

00:58 / 02.08.2025