Eronda to‘yda gaz portlashi 11 kishining o‘limiga sabab bo‘ldi

Foto: twitter.com
Eronning Kurdiston viloyatida nikoh to‘yi nishonlanishi vaqtida gaz portlashi oqibatida 11 kishi, jumladan 5 bola halok bo‘ldi. Bu haqda Mehr axborot agentligiga tayanib TASS axborot agentligi xabar berdi.
Voqea Sakkiz shahridagi to‘yxonalardan birida yuz bergan. Gaz balloni portlashi oqibatida yana 34 kishi jarohatlangan. Ularning barchasi yaqin oradagi shifoxonalarga yetkazilgan.
Shunga o‘xshash voqea 2018 yilda Hindistonning Beavar shahrida yuz bergandi. O‘shanda to‘y marosimi vaqtida gaz balloni portlashi oqibatida 18 kishi halok bo‘lgan.
Mavzuga oid

07:12
Eronda Isroil hujumlari qurbonlari soni 224 nafarga yetdi - Eron Sog‘liqni saqlash vazirligi

07:06
Erondagi Fordo yadroviy markazi yaqinida zilzila kuzatilgan

06:56
Eron Isroil hujumlari tugamaguncha otashkesim bo‘yicha muzokaralarga tayyor emasligini ma’lum qildi

06:52