TIV Turkiyada O‘zbekiston fuqarosi banklardan birining filialiga hujum qilganini tasdiqladi

Foto: yenisafak.com
O‘zbekistonning Turkiyadagi elchixonasi O‘zbekiston fuqarosi J.O.ning 2019 yil 17 dekabr kuni Antaliya shahridagi banklardan birining filialiga hujum qilgani va ikki nafar texnik xodimni garovga olgani to‘g‘risida qator OAVda tarqalgan axborotni tasdiqladi.
Tashqi ishlar vazirligi xabarida aytilishicha, keyinchalik u huquqni muhofaza qilish organlariga taslim bo‘lgan.
Hozirda J.O.ga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, 18 dekabr kuni Antaliya Jinoyat ishlari bo‘yicha sudida sud jarayoni boshlandi. Advokatlarning ayblanuvchi bilan uchrashishiga ruxsat berildi, biroq u konsullik yordami olishdan voz kechdi.
Elchixona Konsullik bo‘limi vaziyatni nazoratga olgan va Turkiyaning tegishli organlari bilan doimiy muloqotda bo‘lib turibdi.
Konsullik huquqiy departamenti Turkiya, Bolgariya, Iroq, Ruminiya va JAR hududida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolariga zarur vaziyatlarda mamlakatning Anqara shahridagi elchixonasiga (tel.: +90 312-441-17-46, +90 312-441-38-71/72) yoki Istanbul shahridagi bosh konsulxonasiga (tel.: +90 212-323-20-37, +90 212-229-00-75) murojaat qilishlari mumkinligini eslatib o‘tgan.
Mavzuga oid

19:03 / 16.12.2024
Mahalla bankirlari faoliyati yo‘lga qo‘yiladi

10:41 / 30.11.2024
Bankdagi tanishlari orqali tadbirkorga 10 mlrd so‘m ajratib berishini aytgan shaxslar ushlandi

08:51 / 29.11.2024
Banklar balansidagi issiqxona va sexlar tadbirkorlarga berilishi mumkin

11:25 / 26.11.2024