Ulug‘bek Inoyatov: «Oldingi davrda o‘qituvchilarning majburiy mehnatga jalb etilishini vatanparvarlikka yo‘yganmiz»

Foto: KUN.UZ
“Men fikrimda hozir ham qolaman. Besh yuz ming so‘m bir kishini boqish uchun yetadi. O‘n sekund deyilgani uchun gapim chala qolib ketdi ”, dedi Xalq demokratik partiyasi raisi Ulug‘bek Inoyatov “Debatdan so‘ng” ko‘rsatuvida.
Inoyatovning e'tirof etishicha, unda hali u darajada ko‘nikma, bilimlar yetishmaydi.
“Men pedagogman, men menejyerman. Siyosatchi sifatida gapirish o‘ziga yarasha murakkab, malaka talab qiladigan soha ekan”, dedi u.
XDP raisi o‘rinbosari Maqsuda Vorisovaning so‘zlariga ko‘ra, yuqorida aytilgan raqam Iqtisodiyot vazirligi tomonidan o‘rganib chiqilgan hisob-kitoblar asosida olingan. Partiya vakillarining aytishlaricha, bu hattoki to‘rt yuz ming so‘mni tashkil etgan.
XDP qaysi partiyani o‘ziga raqobatchi deb bilishi to‘g‘risidagi savolga Inoyatov “biz barcha partiyalarni o‘zimiz uchun raqobatchi deb bilamiz”, deb javob qaytardi.
Maqsuda Vorisovaning aytishicha, oldingi chaqiriqda saylangan deputatlarning asosiy vazifasi yuqoridan kelgan ko‘rsatmalarni ma'qullash, shunga qarab reja tuzish va bajarish bo‘lgan.
“Bizga ijroni nazorat qilish huquqi endi berildi, biz endi bajarilgan ishlar bo‘yicha hisobot talab qilish huquqiga ega bo‘ldik”, dedi u.
Ulug‘bek Inoyatov ilgari xalq ta'limi vaziri lavozimida ishlagan vaqtida o‘qituvchilarning majburiy mehnatga jalb etilishini vatanparvarlik deb bilganini e'tirof etdi.
“O‘qituvchilarning paxtaga chiqishi masalasida o‘zim bosh-qosh bo‘lganman. Viloyatlarga borib, o‘qituvchilar bilan uchrashib, kelinglar, bu xalqimiz boyligi, biz davlatdan mablag‘ olamiz”, deganman. Hukumat almashganidan keyin vazir sifatida ikki yil ishladim va birinchi olgan hayfsanimni ham majburiy mehnatga yo‘l ochib berganim uchun oldim. Oldingi davrda tizim shunaqa edi, churq etmasdan vazifani bajarish shart bo‘lgan”, dedi u.
XDP vakillari shuningdek, partiyalarning mustaqilligi, tibbiy ta'lim tizimini isloh qilish, migrantlar to‘g‘risida o‘z fikrlarini bayon etdilar.
Suhbatni batafsil quyidagi video orqali tomosha qilish mumkin.
Tavsiya etamiz
No Partey, no party. «Arsenal» nega yutqazdi?
Sport | 13:50 / 30.04.2025
Fuqarolarga yoshga doir pensiyani tayinlash tartibi yengillashtirilyapti
O‘zbekiston | 11:37 / 30.04.2025
Toshkentda avtobuslar konditsioneri qachon yoqiladi?
O‘zbekiston | 20:40 / 29.04.2025
«Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston» temiryo‘l tunneli qurilishi boshlandi
Jahon | 17:12 / 29.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Hindiston Pokiston samolyotlari uchun havo makonini yopdi
Jahon | 01:55
-
YeChL. "Barselona" ikki marta kambek qilib, "Inter"ga qarshi o‘yinda mag‘lubiyatdan qutulib qoldi
Sport | 01:53
-
Google Play’dan 1,6 mln ilova o‘chirib tashlandi
Fan-texnika | 01:40
-
NATO razvedkasi: Rossiya armiyasiga har oy 30-40 ming kishi yollanmoqda
Jahon | 01:15
Mavzuga oid

01:46 / 13.02.2025
Gretsiyada yangi prezident saylandi

13:08 / 10.02.2025
Kosovodagi saylovlarda bosh vazir Kurtining hukmron partiyasi g‘alaba qozondi

21:57 / 07.02.2025
Ukrainada saylovlar o‘tkazilishi mumkinmi?

16:35 / 04.02.2025