Kapadze va Jeparov Pochettino bilan uchrashdi

«Tottenhem»dan iste'foga chiqarilgan Maurisio Pochettino ta'tilni klublar o‘rtasidagi jahon chempionati o‘tkazilayotgan Qatarda o‘tkazmoqda.
Kuni kecha Dohada argentinalik taniqli murabbiy Pochettino va yaqin o‘tmishning mashhur sobiq futbolchisi Ruud Gullit bilan uchrashib qolgan sobiq futbolchilarimiz Temur Kapadze va Server Jeparov ular bilan esdalik uchun suratga tushishdi. Bu haqda Kapadze feysbukdagi sahifasida rasm joylagan.
Ma'lumot uchun, 2020 yilning 14-31 oktabr kunlari O‘zbekistonda 19 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasida Osiyo chempionati bo‘lib o‘tadi. O‘FA U-19 Osiyo chempionatini yuqori saviyada tashkil etish bo‘yicha yetakchi mamlakatlar tajribasini o‘rganish uchun, ayni kunlarda O‘FA ishchi guruhi Qatarda bo‘lib turibdi. Mutaxassislarimiz Qatarning yirik musobaqalarni o‘tkazish borasidagi tajribasini o‘rganishmoqda. Ular orasida O‘zbekiston U-19 jamoasi bosh murabbiyi Temur Kapadze va Server Jeparov ham bor.
Mavzuga oid

14:32 / 29.03.2025
“Mening vazifam futbolchilarning ishini osonlashtirish” – Temur Kapadze

15:16 / 25.03.2025
JCh-2026 saralashi: Eronga qarshi o‘yin oldidan

17:29 / 22.03.2025
Yana uchta muhim o‘yin. O‘zbekistonga mundialga chiqish uchun qanday natijalar kerak?

09:00 / 24.01.2025