Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xillari Klinton Britaniyadagi Kvins universiteti rektori bo‘ldi
Sobiq AQSh davlat kotibi Xillari Klinton besh yil muddatga Buyuk Britaniyaning Belfast shahridagi Kvins universiteti faxriy rektori bo‘ldi. Bu haqda universitet saytida xabar berildi.
"Sobiq AQSh davlat kotibi Xillari Klinton 2020 yil 1 yanvardan besh yil muddatga Belfastdagi Kvins universiteti rektori bo‘ldi", - deyiladi xabarda.
Universitet prorektori Stiven Prenterning so‘zlariga ko‘ra, Klinton Shimoliy Irlandiya uchun "sezilarli hissa" qo‘shgan va universitet manfaatlarining ajoyib himoyachisi bo‘ladi.
Klinton o‘z navbatida bu lavozim uning uchun ulkan faxr ekanligini bildirdi. U 2018 yil oktyabrda ushbu universitetning faxriy doktori darajasini olgan.
Mavzuga oid

22:05 / 20.08.2024
Xillari Klinton Kamala Xarrisga «shisha shift»ni sindirish vaqti kelganini aytdi

11:58 / 05.03.2019
Xillari Klinton prezidentlikka nomzodini qo‘yishdan bosh tortdi

14:34 / 25.02.2019
Tramp Klintonni Rossiya bilan «til biriktirish»da aybladi

11:38 / 07.02.2019