Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda pillachilik tarmog‘iga bag‘ishlangan investitsion forum o‘tkaziladi

O‘zbekistonda mart oyida pillachilik tarmog‘iga bag‘ishlangan investitsion forum o‘tkaziladi.
«Forumni mart oyida, Navro‘z umumxalq bayrami arafasida o‘tkazishni mo‘ljallayapmiz. Unga pillachilik, ipakchilik, moda industriyasiga aloqasi bo‘lgan 40dan ortiq davlatlarning mutaxassislarini taklif qilganmiz. Bu bo‘yicha ish olib boryapmiz», dedi «O‘zbekipaksanoat» uyushmasi rais o‘rinbosari Olimjon Jumayev 7 yanvar kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida .
Matbuot anjumanida «O‘zbekipaksanoat» uyushmasi rais o‘rinbosari ipakchilik sohasida O‘zbekistonning tutgan o‘rniga oid statistik ma'lumotlarni ham keltirdi.
«Bugungi kunda pilla yetishtirish bo‘yicha O‘zbekiston Xitoy va Hindistondan keyin 3-o‘rinda turadi. Yetishtirilgan pilla xomashyosining aholi jon boshiga to‘g‘ri kelishi bo‘yicha 1-o‘rinda turadi», dedi u.
Berilgan ma'lumotlarga ko‘ra, «Afghan Bazar Carpets» GmbH kompaniyasi bilan hamkorlikda O‘zbekiston hududlarida sifatli ipakli gilamlarni ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishuvga erishilgan. Ruminiya va Yaponiya institutlari bilan Ipakchilik ilmiy-tadqiqot instituti o‘rtasida tajriba almashish hamda qo‘shma loyihalar asosida tadqiqotlar olib borish belgilab olingan.
2019 yilda pillachilik va ipakchilik sohalarida Ozarboyjon Respublikasi bilan ham hamkorlik aloqalari o‘rnatilgan.
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi sohasidagi tashkiloti (FAO) bilan bir yillik 120 ming dollarga teng loyiha amalga oshirilmoqda.
Tavsiya etamiz
Urush taqdiri Alyaskada hal bo‘ladi – hafta dayjesti
Jahon | 17:31 / 10.08.2025
Koreya: Gapirilmaydigan haqiqatlar (2-qism) | SUBYEKTIV
Jamiyat | 18:07 / 09.08.2025
Lazizbek Mullajonov birinchisi emas. Doping sabab diskvalifikatsiya qilingan mashhur o‘zbek sportchilari
Sport | 20:54 / 08.08.2025
«Oltin to‘p»ga da’vogarlar ro‘yxati e’lon qilindi
Sport | 16:40 / 08.08.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekiston qurg‘oqchilikni bartaraf qilish uchun Qozog‘istonga suv yuboradi
Iqtisodiyot | 13:59
-
Turkiyada zilzila, Tel-Avivda miting va kelishuvdan norozi Eron - kun dayjesti
Jahon | 13:26
-
Moskvada «ArBat» batalyoni asoschisi xudkush tomonidan o‘ldirilgani ma’lum bo‘ldi
Jahon | 13:10
-
Kasbiy ta’lim tashkilotlariga qabul boshlandi
Ta’lim | 12:15
Mavzuga oid

13:48 / 12.02.2024
Pilla narxi erkinlashtiriladi

17:42 / 17.08.2023
Bahrom Sharipov qo‘mita rahbarligidan ketdi

11:08 / 09.04.2023
Nomsiz muallif kimning manfaatlarini himoya qilmoqda: ipakchilik sohasinimi yoki “O‘zbekipaksanoat”ni?

15:47 / 29.03.2023