«Mening boshqa tanlovim yo‘q edi»: Shahzoda Harri qirollik unvonlaridan voz kechishi haqida
Shahzoda Harri qirollik xonadoni majburiyatlaridan voz kechish uni xafa qilishi, ammo uning boshqa iloji yo‘qligi haqida gapirdi. Shu bilan birga, u qirolicha Yelizaveta II'ga xizmat qilishni davom ettirishdan umidvor ekanligini ta'kidladi.

Foto: The Guardian
Sentabale xayriya yig‘ilishida nutq so‘zlagan shahzoda Harri buvisini juda qattiq hurmat qilishini aytgan va uni «o‘zining oliy qo‘mondoni» deb atagan.
«Biz qirolicha, hamdo‘stlik va harbiy uyushmalarga davlat tomonidan moliyalashtirilmasdan turib xizmat qilishda davom etishimizga umid qilgandik. Afsuski, bu ilojsiz bo‘lib chiqdi», — dedi u.
Shu bilan birga, shahzoda Britaniya uning uyi va sevimli joyi ekani va «har doim shunday bo‘lib qolishi»ni ta'kidlagan.
Avvalroq Bukingem saroyi shahzoda Harri va uning rafiqasi Megan endi qirollik unvonlaridan foydalanmasligini va bundan keyin davlat mablag‘larini olmasligini e'lon qilgandi.
Bu shuni anglatadiki, 2020 yil bahoridan boshlab ular endi «zoti oliylari» deb nomlanmaydi. Ammo, ular Sasseks gersogi va gersoginyasi bo‘lib qoladi, shahzoda Harri tug‘ilishida meros qolgan unvonini saqlab qoladi.
Harri va Megan shuningdek, Vindzordagi uyni ta'mirlash uchun Buyuk Britaniya budjetidan sarflangan 2,4 million funtni qaytarib berish niyatida ekanliklarini bildirishdi.
Bungacha er-xotin ommaviy axborot vositalarining bosimi va haddan tashqari e'tiboridan shikoyat qilishgan va Harri xotinining onasi malika Diananing o‘limiga olib kelgan «o‘sha kuchlar»ning qurboni bo‘lishi mumkinligidan xavotir bildirgandi.
Harri o‘zining Instagram sahifasiga joylagan videonutqida Megan bilan turmush qurgan vaqtida ikkovi ham «g‘ayratli, umidlarga to‘la va [Britaniya tojiga] xizmat qilishga tayyor» bo‘lishgani haqida gapirgan.
«Shunday ekan, hozir men uchun juda qayg‘uli. Xotinim bilan mening (qirollik vazifalarini bajarishdan) ketishga qaror qilishimiz oson bo‘lgani yo‘q», — dedi Harri.
«Bir necha oy davom etgan munozaralar, ko‘p yillik undovlardan so‘ng hayotim qiyinchiliklarga duch keldi. Men har doim ham to‘g‘ri ish qilmaganimni bilaman, ammo hozirgi bosqichda menda boshqa chora yo‘q edi», — deydi shahzoda.
Avvalroq, er-xotin vaqtining katta qismini Kanadada o‘tkazib, ikki mamlakatda yashash niyatida ekanliklarini aytishgandi. Hozir Harrining rafiqasi o‘g‘li Archi bilan Kanadaning g‘arbiy sohilida yashamoqda.
Tavsiya etamiz
Husanov nega o‘ynamayapti?
Sport | 10:00 / 01.05.2025
No Partey, no party. «Arsenal» nega yutqazdi?
Sport | 13:50 / 30.04.2025
Fuqarolarga yoshga doir pensiyani tayinlash tartibi yengillashtirilyapti
O‘zbekiston | 11:37 / 30.04.2025
Toshkentda avtobuslar konditsioneri qachon yoqiladi?
O‘zbekiston | 20:40 / 29.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Prezident Xorazmda arzon avtomobil ishlab chiqarish boshlanishini aytdi
Iqtisodiyot | 15:29
-
Xorazmda 10 mlrd dollarlik gaz-kimyo majmuasi qurilishi boshlanadi
Iqtisodiyot | 15:21
-
“Oltin konini portlatmoqchi edim” – Xatirchida fuqaro uyida portlovchi qurilma saqlab kelgani aniqlandi
O‘zbekiston | 15:19
-
MyUZTELECOM: Har bir to‘lovdan 3% keshbek oling!
O‘zbekiston | 15:00
Mavzuga oid

22:26 / 06.01.2023
Shahzoda Harri Afg‘onistonda 25 Tolibon jangarilarini o‘ldirganini tan oldi

07:12 / 07.06.2021
Shahzoda Harri va Megan Markl qizli bo‘lishdi. Qizaloqqa qirolicha va Diana sharafiga nom berildi

20:39 / 11.03.2021
Shahzoda Uilyam qirollik oilasidagi irqchilik bo‘yicha ayblovga javob qaytardi

14:41 / 09.03.2021