AQSh vitse-prezidenti dunyoni Eronga qarshi birlashishga chaqirdi

Foto : AP Photo / Matthias Schrader
Dunyo Xolokostni rad etuvchi – Eron islom respublikasiga qarshi birlashish lozim, dedi AQSh vitse-prezidenti Mayk Pens Quddusdagi Xolokost qurbonlari xotirasiga bag‘ishlab o‘tkazilayotgan beshinchi butunjahon forumi minbarida.
"Biz ular (Xolokost qurbonlari va natsizmga qarshi kurashganlar) o‘sha vaqtda qarshilik qilgan yovuzliklarga qarshilik qilishga tayyor bo‘lishimiz kerak. Antisemitizmga qarshi kurashish uchun bor kuchimizni sarflashimiz va buni birgalikda amalga oshirishimiz lozim. Antisemitizmni tarqatuvchi, Xolokostni davlat siyosati darajasida rad etayotgan va Isroilni yer yuzidan supurib tashlashga va'da berayotgan asosiy davlatga keskin qarshilik ko‘rsatishimiz darkor. Dunyo Eron islom respublikasiga qarshi birlashishi shart", - dedi Pens.
Pens shuningdek, AQSh Isroilni hamisha qo‘llab-quvvatlashiga va'da berdi.
Isroilda Xolokost qurbonlari xotirasiga bag‘ishlab o‘tkazilayotgan beshinchi butunjahon forumida 40dan ortiq davlatlarning prezidentlari, hukumat rahbarlari va yetakchilari qatnashmoqda.
Xolokost — natsistlar Germaniyasi davrida turli etnik va ijtimoiy guruhlar (sovet asirlari, polyaklar, yahudiylar va boshqalar) vakillarining ta'qib qilinishi va ommaviy ravishda qirg‘in qilinishi.
Mavzuga oid

21:42 / 15.06.2025
Eronning ajalvor hujumi va Tehronda navbatdagi portlashlar. Urushning uchinchi kunidagi asosiy voqealar

14:13 / 15.06.2025
Isroil Eron mudofaa vazirligi binosiga va Tehrondagi asosiy neft omboriga hujum qildi

13:22 / 15.06.2025
Tel-Aviv yaqinida turar joy binosi vayron bo‘ldi

10:46 / 15.06.2025