Shofirkon tumaniga yangi hokim tayinlandi
Markaziy bankning Buxoro viloyati boshqarmasi boshlig‘i Shukrullo Hakimov Shofirkon tumaniga hokim bo‘ldi.

8 fevral kuni Buxoro viloyati Shofirkon tumanida Xalq deputatlari tuman kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Viloyat hokimi O‘ktam Barnoyev ishtirok etgan sessiyada tashkiliy masala ko‘rildi.
Buxoro viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar qilishicha, Markaziy bank Buxoro viloyat Bosh boshqarmasida turli lavozimlarda, so‘nggi vaqtlarda boshqarma boshlig‘i vazifasida ishlab kelgan Shukrullo Xayrullayevich Hakimov Shofirkon tumani hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.
Shukrullo Hakimov 1984 yilda Shofirkon tumanida tug‘ilgan, Toshkent Moliya institutini tamomlagan.
2019 yilning yozidan buyon Shofirkon tumani hokimi vazifasini vaqtincha bajaruvchi bo‘lgan Uyg‘un G‘afforov qishloq xo‘jaligi masalalari bo‘yicha tuman hokimi o‘rinbosari lavozimiga qaytgan.
Tavsiya etamiz
Chigirtkalar bosqini: Bu ham iqlim bilan bog‘liq muammomi?
O‘zbekiston | 15:49 / 14.05.2025
«Eng kambag‘al prezident» Xose Muxika vafot etdi
Jahon | 08:03 / 14.05.2025
Toshkentda yo‘l o‘rtasidagi birinchi tezyurar yo‘lak qurilishi boshlanadi
O‘zbekiston | 19:08 / 13.05.2025
1 iyundan O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida 30 kunlik vizasiz rejim kuchga kiradi
O‘zbekiston | 17:29 / 13.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
9 mln dollarni talon-toroj qilishda ayblangan O‘zbekiston fuqarosi Rossiyada qo‘lga olindi
O‘zbekiston | 23:58 / 15.05.2025
-
Rossiya Quruqlikdagi qo‘shinlari qo‘mondoni lavozimdan olindi
Jahon | 23:46 / 15.05.2025
-
Osiyoda COVID-19 bilan kasallanish holatlari keskin oshdi
Jahon | 23:21 / 15.05.2025
-
Makron va ro‘molcha: nima gap o‘zi?
Jahon | 22:50 / 15.05.2025