Nurdinjon Ismoilov: Nega go‘sht narxi oshsa, e'tibor beramiz-u, dori narxiga esa yo‘q?
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri Nurdinjon Ismoilov dori narxlarining o‘z-o‘zidan oshishini tanqid qilib, bu mavzu deputatlar tomonidan o‘rganilishi kerakligini aytdi.

Bugun, 12 fevral kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi majlisida qator qonun loyihalari muhokamalari bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar beradi.
Palata spikeri Nurdinjon Ismoilov shifoxonalarda dori bilan bog‘liq muammolar, shifokorning dorixonalar bilan kelishib olish holatlari borligini aytdi.
«O‘tgan yil yakunida Bosh prokuraturada korrupsiyaga bag‘ishlangan yig‘ilishda ham korrupsiya bo‘yicha sog‘liqni saqlash tizimi birinchi o‘rinda qayd etilgan edi. Bu ham sohada ko‘proq ish qilish kerakligi ko‘rsatadi», – deb ta'kidladi Nurdinjon Ismoilov.
Deputatning fikricha, dorilar narxi oshib borayotgani ham muammoli holatlardan biri.
«Dorilar narxi kundan kunga oshyapti. Bu sohani kim nazorat qiladi, hayronman. Agar go‘shtning narxi oshsa, butun hukumat, butun sektor rahbarlari bozorni egallab olishadi, vaziyatni o‘rganishadi. Biroq dori narxi hadeb oshyapti-yu, lekin hech kim e'tibor bermaydi. Xalq bundan juda norozi. Nega buning nazorati bo‘yicha jamoatchilikdan yordam so‘ramaysizlar?» deya tibbiyot sohasi vakillariga yuzlandi Ismoilov.
«Endi shu narsani nazorat qilish uchun ham deputatlar joylarga chiqib, vaziyatni o‘rganadi», – deya qo‘shimcha qildi u.
Ma'lum qilinishicha, yaqin orada dori vositalari bo‘yicha parlament eshituvi bo‘ladi.
Tavsiya etamiz
Husanov nega o‘ynamayapti?
Sport | 10:00 / 01.05.2025
No Partey, no party. «Arsenal» nega yutqazdi?
Sport | 13:50 / 30.04.2025
Fuqarolarga yoshga doir pensiyani tayinlash tartibi yengillashtirilyapti
O‘zbekiston | 11:37 / 30.04.2025
Toshkentda avtobuslar konditsioneri qachon yoqiladi?
O‘zbekiston | 20:40 / 29.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ruminiyada qayta prezidentlik saylovlari boshlandi
Jahon | 14:58
-
“Inter Milan” klubi har qanday jamoa uchun boshog‘riq bo‘la oladi” – Orif Tolipov
Sport | 14:47
-
Paradga tayyorgarlik, qozoq oltin vizasi va chegarada otilgan jangarilar
Jahon | 12:42
-
«Barsa» amalladi, «Bavariya»ning chempionligi kechiktirildi. Kun o‘yinlari
Sport | 12:27
Mavzuga oid

16:46 / 02.05.2025
O‘zbekiston va Qozog‘iston Xitoyga dori-darmon xomashyosi eksporti bo‘yicha yetakchilar qatoriga kirdi

11:10 / 30.04.2025
Parlamentda g‘oyalar to‘qnashuvi: Navbatdagi yalpi majlis qanday o‘tdi?

18:00 / 23.04.2025
Taklifi inobatga olinmagan liberallar, normani qat’iy himoya qilgan tashabbuskorlar – Qonunchilik palatasi yalpi majlisi qanday o‘tdi?

21:39 / 22.04.2025