O‘zbekistondagi eng katta poligonda senator va deputatlar qurollarni sinab ko‘rdi. Uch nafar deputat «qoniqarsiz» baho oldi
O‘zbekistondagi eng katta poligonda 45 nafar senator va deputatlar birinchi marotaba snayper, Makarov pistoleti, pulemyot hamda TOZ-8 qurollaridan amalda otdi. Uch nafar deputat “qoniqarsiz” baho oldi

Kecha, 1 mart kuni birinchi marotaba O‘zbekistondagi eng katta poligon, Markaziy harbiy okrugiga qarashli “Kattaqo‘rg‘on” dala o‘quv maydoniga Navoiy viloyati hokimi Qobul Tursunov boshchiligida senator va deputatlar tashrif buyurdi. Bu haqda harbiy jurnalist, kapitan G‘ayrat Madrahimov ma'lum qildi.
Harbiy formadagi deputat va senatorlarga Markaziy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoni polkovnik Oybek Saidov poligonda harbiylar uchun yaratilgan shart-sharoitlarni ko‘rsatdi. Faxriylar, harbiy prokuratura xodimlari, deputat va senatorlar tomonidan poligondagi harbiy shaharcha hududiga 200 ga yaqin ko‘chat ekildi.
Shundan so‘ng, 45 nafar senator va deputat amaliy o‘q otish maydoniga yo‘l oldi. 15 nafar ayol deputat (ulardan 2 nafari senator) TOZ-8 qurolidan sinov mashqlarini bajardi. Viloyat hokimi va okrug qo‘mondoni hamda ikki nafar senator Makarov pistoletidan, 27 deputat esa snayper, qo‘l pulemyoti qurollaridan amalda o‘q otdi.
Dastlabki 6 dona o‘q sinov tariqasida, keyingilari baho uchun otildi. Otish tayyorgarligi va uning baholanib borishiga polkovnik Qahramon Ochilov mas'ul etib belgilandi. Birinchi marotaba o‘q uzishga qaramasdan, natijalar yomon bo‘lmadi. Unga ko‘ra, 8 ta “a'lo”, 13 ta “yaxshi” hamda 21 ta “qoniqarli” baho qo‘yildi. Uch nafar deputat esa Navoiy shahriga “qoniqarsiz” baho bilan qaytadigan bo‘ldi.
Mavzuga oid

13:37 / 17.05.2025
Ukraina xorijdan qurol xaridlarida 770 mln yo‘qotdi

18:28 / 15.05.2025
Britaniya va Germaniya hamkorlikda yangi qurol yaratadi

10:19 / 17.04.2025
Zelenskiy: frontdagi qurollarning 40 foizidan ortig‘i Ukrainada ishlab chiqarilgan

11:50 / 15.04.2025