Foto: Koronavirusdan oldingi va hozirgi Italiya

Foto: EPA-EFE/Shutterstock
Italiya poytaxti Rim shahri xorijlik mehmon va sayyohlarning diqqat-eʼtiboriga sazovor bo‘lgan joylardan biri hisoblanadi. Biroq so‘nggi haftalar davomida mintaqada tarqalgan yangi koronavirus infeksiyasi sayyohlar oqimiga o‘z ta'sirini o‘tkazmasdan qolmadi.

Odatda dekabr–yanvar oylari davomida Trevi favvorasi atrofida sayyohlar gavjum bo‘lardi. Ular ushbu maftunkor joyni ko‘rish maqsadida chet ellardan tashrif buyurishadi. Uning yoniga borishga muvaffaq bo‘lgan sayohatchilar tangani suvga tashlashadi. Afsonalarga ko‘ra, bu amal shaharga qaytib kelish imkonini beradi, deb hisoblashadi.

Koronavirus tarqalishi tufayli Italiyadagi diqqatga sazovor joylarga tashriflarga cheklovlar joriy etildi.
Italiya barcha parvozlarni bekor qilgan. «Colosseum» va «Roman forum» atroflariga sayyohlar kelishi cheklab qo‘yilgan.

Avvalgi manzaralarda Panteon piazzasi markazidagi zinapoyalar sayyohlarning ko‘zlarini qamashtirishga qodir edi. Hozir esa ularning atrofida faqat bir-ikki kishini ko‘rish mumkin.


Shu bilan birgalikda, endi ko‘prik atrofidan o‘tayotganingizda Castel Sant'Angelo’ning ulug‘vorligini bemalol ko‘rishingiz mumkin - u yerda ham deyarli hech kimni uchratmaysiz.

Mavzuga oid

15:50 / 19.05.2025
Italiya 400 ta foydalanishdan chiqarilgan zirhli transportyorini Ukrainaga beradi

23:21 / 15.05.2025
Osiyoda COVID-19 bilan kasallanish holatlari keskin oshdi

19:56 / 13.05.2025
Italiyalik ijodkorning ko‘rinmas haykali 18 ming dollarga sotildi

00:12 / 05.05.2025